«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 BURG’ILASH VA QUDUQNI SINASH MATERIALLARINI



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

4.6. BURG’ILASH VA QUDUQNI SINASH MATERIALLARINI 
GEOLOGIK HUJJATLASHTIRISH 
Geologik xizmat xodimlari burg’ilash jarayoni hujjatlarini o’z vaqtida va bexato 
tuzilishiga ahamiyat berishlari lozim. Oldingi boblarda qayd qilinganidek, quduqni 
burg’ilash boshlanishidan avval texnik loyihasi va smetasi tuziladi. Bunday birlamchi 
hujjatlar har bir quduq yoki ishlatish quduqlarini burg’ilashda quduqlar guruhi uchun 
tayyorlanadi. Loyiha texnik va geologik qismlardan iborat bo’lib unga geologik-
texnik naryad ilova qilinadi. 
Birlamchi hujjatlar yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan va qabul qilingan 
yagona shakl bo’yicha tuziladi, hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuter vositalaridan 
ham keng foydalanilmoqda. Burg’ilashning asosiy geologik hujjatlari quydagilardan: 
burg’ilash jurnali, kon-geofizik tadqiqotlar natijasida olingan karotaj diagrammalari, 
kern tavsifi, quduqning umumlashgan kesimidan iborat. 
Burg’ilash jarayonida eng birinchi tuziladigan hujjatlarga quydagilarni kiritish 
mumkin: quduqni sutka davomida burg’ilanganligi to’g’risidagi axborot, kollektor 


56 
daftari, vaxta (navbatchi burg’ilash brigadasi) jurnali va b. Bunday hujjatlarda 
xronologik (bajarilgan ishlarni ketma-ket ko’rsatib yozish) tartibda burg’ilash 
jarayonining borishi, quduqda yuvuvchi suyuqlik harakati, neft, gaz, suv 
namoyonlanishini kuzatish, mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirish va 
sementlash, uning germetikligini sinash, quvurni perforatsiyalash va qatlamni sinash 
to’g’risidagi ma’lumotlar yoziladi. Sutkalik axborot sxemasi 4.2-jadvalda berilgan.
 
Har bir quduq uchun quyidagi jarayonlar bo’yicha dalolatnomalar tuziladi va 
saqlanadi: 1) burg’ilash nuqtasi (joyi)ni topshirish va quduq qazish; 2) quduq 
burg’ilashni boshlash va tugatish; 3) mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirish 
va sementlash; 4) mustahkamlash quvurlari birikmasining germetikligini sinash; 5) 
burg’ilash chog’ida qatlam sinagichi yordamida mahsuldor gorizontlarni sinash 
natijalari; 6) mustahkamlash quvurlari birikmasini perforatsiyalash; 7) quduqni 
sinash natijalari va sh.k. 
4.2-jadval 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə