Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Ishlab chiqarish korxonasi tarixi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə2/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#133575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-kurs amaliyot 14.04.2017

Ishlab chiqarish korxonasi tarixi
O’zbekiston Respublikasida makroo’g’itlardan fosforli va azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi, lekin qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan kaliyli o’gitlar ishlab chiqarilmaydi. Kaliyli o’g’itlar ayniqsa paxtachilik uсhun zarur, chunki ular paxta tolasining sifatini oshiradi. Lekin avval O’zbekitson Respublikasida kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalari mavjud emas edi. Qishloq xo’jaligi uchun kaliyli o’g’itlar Rossiyadan olib kelinardi va bu esa katta valyuta sarf qilinishini talab qilar edi, hamda Respublikaning kaliyli o’g’itlarga bo’lgan talabini to’liq qanoatlantirmas edi. Ilmiy asoslangan malumotlarga qaraganda Respublikaning kaliyli o’g’itlarga bo’lgan talabi 282 ming tonnani tashkil etadi.
Shuning uchun O’zbekitson Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2007-yil 17-dekabrdagi PP-748-sonli ‘‘ Dexqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi qurulishini tezlashtirish haqida tadbirlar ’’ to’g’risidagi qarorlari chiqarilgan.
Dexqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi (DKO’Z) qayta ishlash kompleksining kaliy xlorid bo’yicha unumdorligi yiliga 200 ming tonnani tashkil qilib, Qashqadaryo viloyatida Dexqonobod shaxridan 3 km masofada, shaxar temir yo’l stansiyasiga yaqinida joylashgan. Qayta ishlash kompleksining xududi 20.16 gektarni egallaydi. Kaliyli tuzlar Dexqonobod kaliyli o’g’itlar zavodidan 43 km masofadagi Tyubegatan konidan avtotransportlarda tashib keltiriladi. Tyubegatan konidan qayta ishlash kompleksigacha Beshbuloq, Tagtemir, Qo’g’ondosh, Xo’jaylak avtotrassasi mavjud. O’zbekiston hududidagi Tyubegatan konining kaliyli tuzlar zaxirasi: kategoriya(A+B+C) – 215278 ming tonna (35,95% KCl), kategoriya C2-60923 ming tonna (35,39%KCl). Madan ishlab chiqarishning loyixaviy quvvati yiliga 700 ming tonnani tashkil qiladi(31,93%).Xom madanlar avtotransportlar bilan Dexqonobod kaliyli o’g’itlar zavodiga olib kelinadi.
Asosiy xomashyo sifatida quyidagilar qo’llaniladi: Tyubegatan konining silviniti, flotareagentlar, boshlang’ich suv, tabiiy gaz, dizellar, benzin, smazka kabilar va boshqalar.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə