Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Qadoqlash va tayyor maxsulotni saqlash bo’limlari



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#133575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-kurs amaliyot 14.04.2017

Qadoqlash va tayyor maxsulotni saqlash bo’limlari
Qadoqlash mashinasi (XW0801A/B) bittasi ishchi ikkinchisi zaxirada ishlatiladi. KCI maxsuloti quritish va sovutishdan keyin lentali konveyer bilan qadoqlash mashinasi №1 (XW0801A) ga beriladi yoki yuklagich (M1601) bilan qadoqlash mashinasi №2 (XW0801V) ga beriladi. Qadoqlangan maxsulot koplarda shtabel taxlagich bilan 2 tonnalik shtabel xosil qilinadi. Keyin taxlangan xaltalardagi koplarni yuklagich (M0803A/V) bilan tayyor maxsulot omborxonasiga taxlanadi. Bitta zaxirada va bitti ishchi shtabel taxlagich ko’zda tutilgan.
Changni bosish uchun yengli chang tutgich ko’zda tutilgan, u lentali konveyer va qadoqlashdagi changni ushlashga muljallangan. Chang yutgichda yigilgan chang tayyor maxsulot sifatida yuboriladi.
Qadoqlash uchun siqilgan xavo zavodning kompressor stansiyasidan keladi.
Tashishning transport ko’rinishi: bozor talabiga karab 80 % tayyor maxsulot temir yo’llarda tashiladi, kolgan 20 % i avtotransport bilan. Xamma maxsulotlarni vagon va gruzoviklarga shoxali yuklagich bilan taxlanadi.
Tayyor maxsulot omborxonasida maxsulotni koplarda taglik utsiga shtabellash kuzda tutilgan. Shtabel balandligi 3 metr 2 qavatdan iborat.


7-Rasm. Qadoqlash va tayyor maxsulotni saqlash bo’limlari sxemasi.
Sarf o’lchash vositalari
Elektromagnit (induksion) sarf o’lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o’tkazuvchi suyuqlik oqimida xosil bo’lgan EYuK ni o’lchashga asoslangan. Induksion sarf o’lchagichning sxemasi 8-rasmda ko’rsatilgan.

Magnitning N va S qutblari orasida magnit maydoni kuch chiziqlari yo’nalishiga perpendikulyar ravishda suyuqlik quvuri 1 o’tadi. Quvurning magnit maydonidan o’tadigan qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Quvur devorlarida bir-biriga diametral qarama-qarshi yo’nalgan o’lchash elektrodlari 2 o’rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar xarakatga keladi va o’z zaryadlarini o’lchash elektrodlariga berib, ularda EYuK xosil qiladi. Oqim tezligiga mutanosib, EYuK ning qiymati, magnit maydoni o’zgarmas bo’lganda, elektromagnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadi:


E=B∙D∙vo’rt



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə