30
2.2. Bank mahsulotlariga talab va uni shakllantirish omillari
K o‘plab mamlakatlarda fintex sanoati rivojlanishining asosiy ka-
talizatori banklar hisoblanadi. Masalan, Rossiyada fintex ekotizimi
iqtisodiyotning bank sektorida eng faol rivojlanmoqda.14 Buning sababi,
bu yerdagi korporativ muhit yanada moslashuvchan, elastikroq, og‘ir
jismoniy aktivlarga bog‘lanmaganligidir. Biroq, an’anaviy tarmoqlar-
dagi kompaniyalar bunga qarshi harakatni boshlaydilar.
Shunga o ‘xshash jarayonlar an’anaviy ravishda og‘ir metallurgiya
va sekin rivojlanadigan xomashyo xoldinglarida sodir bo‘la boshladi.
Zamonaviy sharoitda endi kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat aktivlar
uchun emas, balki jamoalar resurslari birlashtirilgan ittifoqlar va
kombinatsiyalar uchun olib borilmoqda.
Banklarda mavjud bo‘lgan katta m a’lumotlar bilan ishlashning
ulkan imkoniyatlari jumladan, raqamli tijoratda oqimlami y o ‘naltirish,
ular uchun noyob takliflarni yaratish va ulami boshqa resurslar
bilan birlashtirish imkonini beradi. Bularriing barchasi moliyaviy
infratuzilma doirasida bank xizmatlarini taqdim etilishi uchun ishlashi
mumkin.
Moliyaviy operatsiyalar zamonaviy iqtisodiyot asosida joylash-
gandir. To‘lovlar va pul o‘tkazmalari yuqori chastotada amalga
oshiriladi va iste’molchi bilan barqaror aloqani shakllantiradi. Kreditlar
tovarlar va xizmatlarni sotishni q o ‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi.
Jamg‘arma va investitsiya mahsulotlari korxona rivojlanishi uchun
resurs bazasini yaratadi. Moliyaviy xizmatlaming real sektor bilan
aloqadorligi va o‘zaro bog‘lanish darajasi bugungi kunda shu qadar
yuqoriki, bu xizmatlar har qanday yirik ekotizimning ajralmas tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Ekotizim o‘zaro bog‘Iangan resurslardan foydalangan holda bir
nechta faoliyat sohalarini birlashtirish orqali shakllanadi. Bu sohalarga
Дяченко О. Финансовая экосистема: все в одном [Молиявий экотазим: барчаси битгада]. НБЖ:
Национальный банковский журнал. 2018.
URL:
littp://nbj,ru/publ&'upgradc-modcmizatsija-irazvitie/
18/05/07 / финансовая-экосистема-всей-одном / index.html.
31
birinchi navbatda mijozlar m a’lumotlari, shuningdek, raqamli platforma-
lar, interfeyslar, algoritmlar, foydalanuvchini avtorizatsiya qilish usullari,
dasturiy va axborot infratuzilmasi va boshqa aktivlar kiradi. Ular birga-
likda mavjud xizmatlami yaxshilash, shuningdek, yangi, qulayroq, sifatli
va arzon mahsulot va xizmatlar yaratish imkonini beradi.
Bugungi kimda mamlakatimizda aksariyat moliyaviy xizmatlar
mobil ilovalar interfeysi orqali banklaming chakana mijozlari uchun
tranzaksiyalar va foydalanuvchilarning xatti-harakatlari to ‘g‘risidagi
m a’lumotlar kredit tashkilotlari tomonidan risklarni baholash, xizmat
lami shaxsiylashtirish va o‘zaro sotish uchun foydalaniladi. Mamlakti-
mizda ayrim banklar hozirgi kundayoq (masalan, Anor Bank) mijozlar
bilan muloqot qilish uchun deyarli to ‘liq onlayn kanallariga o ‘tdilar.
Ekotizimlarda ishtirok etish banklar uchun quyidagi istiqbollami
ochadi.
Birinchidan, ular bevosita mijozlami sotib olish va o‘zaro qayta
sotish orqali daromadlarini o ‘sishini tezlashtirish imkoniyatiga ega. Bu,
ayniqsa, an’anaviy segmentlarda o ‘sish istiqbollari katta bo‘lgan biroq
yuqoriga o'sish nisbatlari chegaralangan banklar uchun to ‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, bunday imkoniyat nomoliyaviy biznesni mustaqil
rivojlantirayotgan banklar uchun ham, hamkorlar yordamida ekotizim
yaratuvchilar uchun ham birdek mavjud.
Ikkinchidan, eng muhimi, ekotizim moliyaviy xizmatlar segmen-
tiga kiruvchi texnologik kompaniyalar bilan samarali raqobat uchun
zam r shartga aylanishi mumkin. K o'pgina an’anaviy bank mahsulotlari,
masalan, yuqori darajada standartlashtirilgan iste’mol kreditlari, shular
jumlasidandir. Bu shuni anglatadiki, iste’molchi uchun mahsulot
yetkazib beruvchining brendi emas, balki uning qiymati va foydalanish
imkoniyati hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotda
standart xizmatlar bozorida raqobat ayniqsa keskin, chunki iste’mol-
chilar mahsulot yetkazib bemvchilar o ‘rtasidagi almashinuv uchun
deyarli hech qanday to'siqlam i qo‘yish imkoniyatiga ega emaslar.
Shunday qilib, muayyan foydalanuvchilarning kundalik ehtiyojlariga
32
moslashtirilgan diversifikatsiyalangan ekotizim bank uchun mijozlar-
ning sodiqligini oshirish va ushlab turishning samarali vositasiga
aylanishi mumkin.
Uchinchidan, qo‘shimcha olinadigan m a’lumotlaridan banklar
o ‘zlarining kredit risklarini aniqroq baholash va moliyaviy mahsulot-
lami sotishni maqsad qilish uchun foydalanishlari mumkin.
Va nihoyat, nomoliyaviy sektomi kengaytirish banklarga mijoz
larga masofaviy xizmat ko'rsatish modellariga o‘tganliklari uchun ular
tomonidan kamroq talab qilinadigan chakana savdo nuqtalarini yuklash-
da yordam berishi mumkin.
Olib borilgan tadqiqot fintex ekotizimini rivojlantirishning keyin-
gi bir necha yil ichida iqtisodiyotning moliya sektorida kuzatilishi
mumkin bo‘lgan quyidagi tendensiyalarini aniqlash imkonini berdi:
- blokcheyn texnologiyalari;
- sun’iy intellekt;
- biometrika va foydalanuvchilami masofadan identifikatsiya
qilish texnologiyalari;
- RegTex (Regulatora Texnologiy) va SapTech (nazorat texno-
logiyasi);
- kontaktsiz to‘lovlar va tovarlar interneti (Internet o f Things,
ЮТ);
- Beyond Banking (“Bankdan ko‘proq”).
Moliyaviy texnologiyalar sektori yoki fintex-tez rivojlanayotgan
yangi soha bo‘lib, u moliyaviy xizmatlar va yangi texnologik sektorlar
kesishmasida paydo bo‘lgan. Soha ishtirokchilari k o ‘p segmentli
moliyaviy xizmatlar bozori uchun iste’molchiga yo‘naltirilgan innovat-
sion yechimlami yaratadilar. Gap chakana va korporativ bank ishi,
sug‘urta, brokerlik kabi boshqa segmentlar haqida ketmoqda.
Shu bilan birga, asosiy ishtirokchilar moliyaviy sektordagi
an’anaviy ishtirokchilar emas, ular asosan texnologik kompaniyalar
hisoblanadi. Fintex loyihalari klassik moliyaviy tashkilotlarga qara-
33
ganda innovatsiyalarni tezroq birlashtiradi, yangi mahsulot va xizmat-
lam i tezroq yaratadi, biznes modellarini o ‘zgartiradi va deyarli barcha
bozor segmentlarida xizmatlar ko‘rsatishga tayyor bo‘ladi. A n’anaviy
ishtirokchilar yangi voqelikka moslashishga va o‘z mahsulotlarini
moslashtirishga yoki yangilarini ishlab chiqishga majburdirlar. Shuning
uchun ham bugungi kunda texnologiya kompaniyalari va moliyaviy
institutlar о ‘rtasida raqobat kuchaymoqda.
Dostları ilə paylaş: |