P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


  Bosh  miya  po‘stining  analiz  va  sintez  qilish  faoliyati



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   551
2 5463028049224140945

2.  Bosh  miya  po‘stining  analiz  va  sintez  qilish  faoliyati

l.P.  Pavlov  shartli  reflekslar  metodidan  foydalanib,  miyadagi  katta 

yarim sharlar po'stining faoliyati tashqi muhitdan, shuningdek, organizm- 

ning  ichidan  nerv sistemasiga ta’sir qiladigan juda  ko‘p  qo‘zg‘ovchilarni 

analiz va sintez qilishdan iborat ekanligini aniqladi.  Bosh miya po'stining 

analiz qilish faoliyati «murakkab muhitning» organizmga foydali yoki zararli 

ta’sir etadigan  «ayrim elementlarini»  ajratishdan  iborat.



Bosh miya po'stining sintez qilish faoliyati tashqi  muhitning ana shu 

ayrim  elementlarini  muayyan  bir  komplekslarga  birlashtirishdan  iborat. 

«Sintez  — nerv tutashish hodisasi bo'lsa kerak»,  deydi  l.P.  Pavlov.  Katta 

yarim sharlar po'stining sintez qilish  faoliyati tufayli shartli  reflekslar vu­

judga kelishi,  ya’ni bosh  miya  po'stining turli  qismlari  o'zaro bog'lanishi 

mumkin.  Masalan,  ovqatni  qo'yish  bilan  so'lak  ajralish  shartli  refleksi 

ko'ruv analizatori bilan ta’m bilish  analizatorining miya po'stidagi qism­

lari  o'zaro bog'langandagina  vujudga  kelishi  mumkin.

Analiz  va  sintez  l.P.  Pavlov  analizatorlar  deb  atagan  maxsus  nerv 

mexanizmlari  yordami  bilan voqe bo'ladi.  Pavlov ta’limotiga  ko'ra,  ana- 

lizator — nerv-fiziologik apparat  boiib,  sezuvchi  nervning  periferiyadagi 

chekka  tarmoqlari  (retseptor),  nervning  o'zi  (o'tkazuvchi  yo'l)  va  miya 

po'stining  muayyan  qo'zg'alishini  qabul  qiladigan  qismidan  iborat.  Har 

bir analizatorning  periferiyadagi  chekka  tarmoqlari  tegishli  sezgi  organ­

larida — ko'ruv organida (ko'z), eshituv organida (quloq), hid bilish orga- 

nida  (burun  — halqum)  va  boshqa organlarda  bo'ladi.

Analizator — awalo sezgi va idroklarimizning nerv-fiziologik apparatidir.

Analizator  quyidagicha  ishlaydi:  analizatorning  chekka  tarmoq  egati 

(retseptor)  tegishli  qo'zg'alishlami  sezib,  qaytadan  ishlab,  maxsus  nerv 

qo'zg'alishiga  aylantiradi.  Masalan,  ko'ruv  retseptori  tabiatdan  yorugiik 

tebranishlarini, eshituv retseptori esa havo tebranishlarini ajratib oladi. Anali- 

zatoming ikkinchi bo'limi qo'zg'alishni periferiyadagi (chekka) tarmoqlardan 

bosh miya po'stiga o'tkazadi.  Bosh miya po'stida juda nozik, yuksak dara­

jadagi analiz jarayoni ro'y beradi. Qo'zg'alishlar boshqa qo'zg'alishlar bilan 

ham shu yerda bog'lanadi. «Markaziy nerv sistemasining shu yuksak dara­

jadagi  qismida,  -   deydi  l.P.  Pavlov,  -   juda  nozik  va  cheksiz  xilma-xil 

analizatorlarning  chekka  tarmoqlarini  ko'ramiz,  shu  bilan  birga,  tashqi 

olamning analizatorlar tomonidan ajratiladigan eng mayda elementlari or­

ganizm bilan  doimo yangicha bog'lanib,  shartli  reflekslar hosil  qiladi...».

Shu  tariqa  l.P.  Pavlov  taiimotiga  muvofiq,  bosh  miya  katta  yarim 

sharlari  analizatorlar yig'indisidan  iborat,  bu  analizatorlar esa doim tash­

qi ta’sirlarni tarkibiy qismlariga ajratadi va ularni organizmning biror faoli­

yati  bilan  bog'laydi.  Qo'zg'ovchilarning  analiz  va  sintez  qilinishi  bosh 

miya po'stidagi yagona analiz-sintez qilish faoliyatining o'zaro bog'langan 

ikki  tomonidir.  Bosh  miya  po'stining  bu  faoliyati  idrok,  xotira,  xayol, 

tafakkur va  shu  kabilarning  asosiy  mexanizmidir.  l.P.  Pavlov  bosh  miya 

po'stining analiz va sintez qilish  faoliyati  organizmning tevarak-atrofdagi 

muhit bilan naqadar keng va chuqur moslashuvi hamda muvozanatlashu- 

vini  belgilab  beradi,  deb  hamisha  uqtiradi.

Analiz va sintez yuksak nerv faoliyati haqidagi  l.P. Pavlov taiimotining 

asosiy tamoyillaridan  biridir.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə