P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Shartli tormozlanishning ikkinchi turi difTerensiallovchi tormozlanish-



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   551
2 5463028049224140945

Shartli tormozlanishning ikkinchi turi difTerensiallovchi tormozlanish-

 

dir. 

Muvaqqat,  shartli  bog'lanish  oydinlashganda,  ixtisoslashganda  shu 

xil  tormozlanish  voqe  bo'ladi.

DifTerensiallovchi tormozlanish — tashqi  qo'zg'ovchilami g'oyat aniq 

farq qilish mexanizmidir. Bu tormozlanish organizmning qo'zg'ovchilarga, 

o'z  hayot  sharoitiga juda  aniq  moslanishini  ta’minlaydi.

Tormozlanishning bir turi uyqudir.  l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, uyqu 

bosh miya po'stiga yoyiladigan (irradiatsiyalangan) ichki tormozlanishidir. 

«Biz  ichki tormozlanish deb ataydigan jarayon va uyqu — bir jarayondir». 

(l.P.  Pavlov,  Полное  собрание  сочинений,  IV tom,  264-bet.)

Agar  uyqu  vaqtida  bosh  miya  po'stining  ayrim  qismlaridagi  tormoz­

lanish jarayoni  susayib,  ma’lum  darajada  qo'zg'alish jarayoni  yuz  bersa, 

odam tush  ko'radi.

Bosh  miya  po'stining  qisman qo'zg'alishi  natijasida ham  butun po'st 

tormozlanishi  (uyqu  bosishi)  mumkin.  Masalan,  kuchsiz  yoki  o'rtacha 

kuchli  qandaydir qo'zg'ovchi  uzoq  vaqt  bir tekis  ta’sir etib  tursa  (masa­

lan,  metronomning tebranishi),  bu  qo'zg'ovchi  ta’sirida tegishli  markaz- 

da tormozlanish jarayoni voqe bo'ladi.  Bunday juz’iy tormozlanish butun 

postga  tarqalishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham,  masalan,  hadeb  bir 

maqomda gapirish  uyqumizni  keltiradi.  l.P.  Pavlovning  fikricha,  gipnoz 

fiziologik jihatdan shu qonuniyatga asoslangan bo'lib, gipnoz vaqtida bosh 

miya po'stining kattaroq qismi tormozlanadi-yu, ayrim qismlari qo'zg'algan 

holda  qolaveradi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə