P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Inson  tafakkuri  ham  tarixiy  taraqqiyot  mahsulidir



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   551
2 5463028049224140945

Inson  tafakkuri  ham  tarixiy  taraqqiyot  mahsulidir

Odamzod tafakkuri dastlab elementar mehnat faoliyati bilan chambar­

chas  bog'langan  edi.  Bu  aniq-amaliy  tafakkur  edi.  Keyinchalik  tafakkur 

aniq tafakkurdan abstrakt tafakkur sari na amaliy tafakkurdan nazariy tafakkur 

sari  taraqqiy  qilib  bordi.  Albatta,  abstrakt  va  nazariy  tafakkur  tajribadan 

ajralmagan holda o'sib bordi. Mantiqiy tafakkur shakllari ham mehnat tajri- 

basida va dunyoni  bilish jarayonlarida  hosil  bo'ldi va  o'sib bordi.

Odam hodisalar o'rtasidagi  muhim aloqa va  munosabatlarni,  tabiat  va 

ijtimoiy  hayot  qonunlarini  tafakkur yordami  bilan  ochib  oladi.  Insonning 

ong idora qiladigan faoliyati endi faqat oddiy qo'l mehnati qurollari, ovqat, 

kiyim-kechak  va  turar joyinigina  yaratib  qolmay,  balki  fan,  san’at,  mu­

rakkab texnikani ham yaratadi.  Kishilar ilmga asoslangan dunyoqarash ya- 

ratishga  intiladilar  va  shunga  harakat  qiladilar.  Taraqqiy  qilayotgan  fan, 

texnika  va  san’at  esa  o'z  navbatida  kishilar  ongining  o'sishiga,  ulaming 

ma’naviy qiyofasiga,  tafakkuriga ta’sir etadi.



Awalgi  nasllaming  tajriba va  bilimlari  tilda  mustahkamlanib,  keyingi 

nasllarga o‘tib keldi.  Mehnat  aloqalarida takomillashib boigan til  o‘z nav­

batida  kishilarning  ongi  va  tafakkuri  taraqqiyotiga  ham  ta’sir  etdi.  Yo- 

zuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o'zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri 

mislsiz  darajada  kengaydi  va  mazmundor bo'lib  qoldi.  Kishilar bir-birlari 

bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas,  balki  uzoq  masofadagi  kishilar 

bilan  va  ilgari  o'tgan  kishilar  bilan  bavosita  «aloqa»  bog'lash  yo'li  bilan 

ham  ularning  ongi,  bilim  va  tajribasi  bilan  boyiydigan  bo'lib  qoladi.  Til 

kishining butun  ongli  faoliyati bilan chambarchas bog'langandir. Yuqorida 

ko'rsatib o'tilganidek, til mehnat bilan bir qatorda inson jamiyati va ongini 

taraqqiy ettiradigan  ikkinchi  asosiy faktordir.

Mehnat jarayoni va ijtimoiy munosabatlaming tarkib topish jarayonida 

tafakkur va til bilan birga,  odam  irodasi  ham  paydo bo'ldi  hamda tarixan 

o'sa  bordi.  Odam,  ish  ko'rishdan  oldin  o'z  harakatlarini  tasawur  qiladi, 

shu  harakatlarni  oldin  o'ylab  ko'radi,  qo'yilgan  maqsadga  yetish  uchun 

anglab-bilib g'ayrat ko'rsatadi, ro'y bergan qiyinchiliklarni yengib o'tadigan 

bo'lib qoladi.  Iroda bilan bo'ladigan harakatlar — ongli harakatlar shaklla­

nadi.  Shu  bilan  birga,  odamning  iroda-ixtiyor bilan  qiladigan  harakatlari 

bo'ladi.  Tevarak-atrofdagi  muhitni  o'zlashtirish,  uni  o'z  ehtiyojiga  mos- 

lashtirish imkonini paydo qildi.  Odam iroda egasi bo'lganligi tufayli tarixiy 

taraqqiyot  jarayonida  tabiatni  o'ziga  asta-sekin  bo'ysundirdi,  uni  o'ziga 

xizmat  qilishga  majbur etdi.  Odam  tabiatni,  tevarak-atrofdagi  olamni  o'z 

maqsadlariga muvofiq qilib o'zgartiradi,  unga yangilik kiritadi.  O'sha tari­

xiy taraqqiyot jarayonida,  uzoq kurash yo'li  bilan  insonlar ijtimoiy  muhi- 

tining  stixiyali  ta’siridan  qutuladi,  ijtimoiy  taraqqiyot  qonunlarini  sekin- 

asta  bilib  olib,  ijtimoiy  hayotga  uyushgan  holda  ta’sir  ko'rsata  boshlaydi, 

inson jamiyatining taraqqiyotini  muayyan  yo'lga sola boshlaydi.


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə