P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Odam  ongining  ayrim  tomonlari  va  funksiyalarining



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   551
2 5463028049224140945

Odam  ongining  ayrim  tomonlari  va  funksiyalarining

 

tarixiy taraqqiyoti

Odam  ongining  ayrim  tomonlari  va funksiyalari  tarixan taraqqiy  qilib 

kelgan.  Kishilarda  faqat  ularning  o'ziga  xos  bo'lgan,  ehtiyojlar  vujudga 

keldi va taraqqiy etdi.

Ehtiyoj  odamning  kun  kechirishi,  yashashi  va  kamolga  yetishi  uchun 

zarur narsalarning hammasi  demakdir.

Odam yashash, hayot kechirish uchun o'z ehtiyojlarini qondirishi lozim.

Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug'ma 

ehtiyojlar bo'ladi, ovqatlanish, o'z-o'zini himoya qilish, nasi qoldirish ehti­

yojlari bor,  xolos.  Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak 

ehtiyojlar — bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi 

ehtiyojlar bor.  Bu  ehtiyojlar tug'ma  ehtiyojlar emas,  ular tarixan  taraqqiy 

etgan.  Ijtimoiy zot bo'lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraq­

qiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan  o'zgargan.

Kishilarning  ehtiyojlari  ijtimoiy tuzum  shakllarining  taraqqiyotiga qa­

rab o'zgaradi.

Tarixda  odam  miyasi  taraqqiy etishi  bilan  birga  sezgi  ko'ruv,  eshituv, 

tuyg'u organlari, ayniqsa, yuksak kamolotga erishdi. Odam musiqani,  nafis 

suratlarni va boshqa san’at asarlarini  idrok etishga qodir bo'ldi.  Qo'l asosiy 

mehnat  organi bo'lish bilan birga asosiy tuyg'u organi  ham bo'lib  qoldi.

Odamning  tarixiy  taraqqiyotida  uning  idroki  va  xotira  faoliyati  ham 

takomillashib  va  sifat jihatidan  o'zgarib turdi.  Tashqi  dunyodagi  narsa va 

hodisalami anglab-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadi­

gan  bo'ldi,  o'z  faoliyatidagi  tajriba  mahsulini  anglab-bilib  esda  qoldiradi- 

gan  va undan  anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo'ldi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə