P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


M U H A N D I S L I K   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə544/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   540   541   542   543   544   545   546   547   ...   551
2 5463028049224140945

M U H A N D I S L I K   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I

Davrimizning  buyuk  texnika  progressi  munosabati  bilan  psixologiya 

sohasida  ham  yangi, juda  qiziqarli  muammolar  paydo  bo‘ldi.

Inson  keyingi  yillar davomida atom  yadrosining sirini  egalladi,  refaol 

va raketa texnikasi, avtomashina,  elektronika,  telemexanika taraqqiyotida 

ajoyib  yutuqlami  qo‘lga  kiritdi,  kibemetika,  radioastronomiya,  radioxi- 

miya,  astrobotanika  singari  yangi  fanlarni  kashf etdi.  Fan  va  texnika  in­

son qo‘li kuchlarini, harakatlar tezligini,  ko'zining quwatini,  eshitish sez- 

girligini  million  marta  orttirdi,  tafakkur  operatsiyalari  tezligini  yuz  va 

ming  martalab  kuchaytirdi.

Bulaming hammasi inson aqli va ijodiy irodasiga xos kuch va g'ayratining 

zafari bo'ldi.  Bu  yutuqlaming hammasi  tadqiqotchilar e’tiborini  insonning 

aqliy va  ijodiy kuch-imkoniyatlari  oxir  nechog'li  yuksalishi  mumkin  ekan, 

degan  masalalarga  yana  bir  marta  qaratishga  majbur qiladi.

Muhandislik psixologiyasi texnika, ayniqsa, avtomashina va elektronika 

taraqqiyoti munosabati bilan umumiy psixologiya va mehnat psixologiya­

sining  bir tarmog'i  sifatida  paydo  bo'ldi.

Muhandislik psixologiyasi  mashinalar konstruksiyasi  insonning  psixik 

xususiyatlari  va  imkoniyatlariga  moslashtirishning  amaliy  masalalarini 

o'rganish  bilan  shug'ullanadi.

Bu  sohaning  vazifasi,  xususan,  mashina  yoki  butun  bir  mashinalar 

sistemasini  boshqarayotgan  injener-texnik  xodimlaming  idrok,  diqqat, 

xotira,  tafakkur,  emotsional  kechinmalar va  irodasiga  xos bo'ladigan  xu­

susiyatlarini  aniqlashdan  iboratdir.

Mashinalar ishining  ahvoli  va  borishi  haqida  har xil  signallar  qabul  qi­

layotgan  pult  boshqarmasida  ishlab  turgan  muhandisdan  tez  va  aniq  idrok 

qilish,  tez  reaksiya,  diqqatning  tez  ko'chishi  va  taqsimlanishi,  keng  hajmli 

farosat  tezligi  va  chopqirlik,  emotsional  vazminlik  va  o'z-o'zini  tuta  bilish 

kabi  sifatlar talab qilinadi.  Inson psixikasining bu xususiyatlarini aniqlab be­

rish  Muhandislik  psixologiyasining  eng  muhim  vazifalaridan  biridir.

Shuningdek,  psixologlaming  tekshirish  ishlari  umumiy  va  texnikaviy 

iste’dodni  o'rganish va uni  qanday shakllantirish  masalalariga qaratishlari 

kerak.

Muhandislik  psixologiyasining  muammolari,  albatta,  texnika  fanla­



rining vakillari bilan birgalikda  ishlab chiqilmog'i  kerak.  Muhandislik psi­

xologiyasi  bo'yicha  tekshirish  ishlarining  kengaytirilishi  mamlakatimizda 

bundan buyog'i  samarali texnika progressiga,  ayni bir vaqtda  inson  shax­

sini  chuqur va  har tomonlama  bilib  olishga  yordam  bermog'i  kerak.





Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   540   541   542   543   544   545   546   547   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə