0 ‘ Q U V C H IL A R G A K A S B G A D O I R Y O 'L L A N M A
B E R IS H M A S A L A L A R I
Har bir o'quvchi maktabda o'qish mobaynida xususan mehnat ta ’limi
munosabati bilan, u yoki bu darajada kelajakka nazar tashlaydi, o'zi uchun
ma’lum bo'lgan, binobarin, o'zi xohlagan faoliyat haqida xayol suradi,
o'zining kelajakdagi kasbini tasawur qiladi va tanlaydi, shu kasb haqida
o'ylaydi. O'quvchilaming qiziqish-havaslari, xususan, ularning kasbga
bo'lgan qiziqishlari haqidagi masala shaxs psixologiyasining bo'limlaridan
biridir. Lekin bunda vazifa bu qiziqishlami o'rganishdangina iborat bo'lmay,
balki kelajakda oqilona kasb tanlashi uchun har bir o'quvchiga yordam
berishdan iboratdir. O'quvchilami kelajakda mustaqil kasb tanlashga tay
yorlash masalasi maktablaming eng muhim vazifalaridan biridir. Shuning
uchun ham psixologlar pedagoglar bilan birgalikda kasbga doir bilimlar,
kasbga doir yo'l-yo'riqlar berish, kasbga doir maslahatlar o'tkazish masa
lalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanmoqlari lozim.
Ishni shunday tashkil qilmoq kerakki, har bir o'quvchi maktabda o'qir
ekan, mamlakat qanday kasb egalariga muhtoj va u o'zining mayli, qi
ziqishi va qobiliyatlariga qarab qanday kasbni tanlamog'i kerak, degan
masalalar bo'yicha maslahatlar olmog'i kerak.
Shuning uchun ham psixologlar oldida o'quvchilarda professional
(kasbga doir) qiziqishlami shakllantirish va qobiliyatlarini rivojlantirish
muammosi turadi. Shuning bilan birga psixologlar o'quvchilaming indi
vidual qobiliyatlarini aniqlash metodlari va usullarini qidirish bilan ham
shug'ullanmoqlari kerak.
Shu narsani aytmoq kerakki, bizda o'quvchilarga kasbga doir yo'l-
yo'riqlar ko'rsatishga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda kasb-
hunar kollejlari va akademik litseylarning ochilishi yoshlarga kasbga doir
bilimlar berish va ularni kelajak faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
|