P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


T A ’ L I M   P S IX O L O G IY A S I  M U A M  M O L A R I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə538/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   551
2 5463028049224140945

T A ’ L I M   P S IX O L O G IY A S I  M U A M  M O L A R I

Hozirgi  vaqtda  psixologlar,  pedagoglar  hamda  metodistlar  bilan  bir­

galikda  ta ’lim  ishlari  va  o'quvchilarga  tarbiya  berishning  saviyasini 

ko'tarishga  yordam  berishi  mumkin  boMgan  muammolarni  hal  qilishga 

e’tibor bermoqlari  kerak.

Ta’lim  va  tarbiyaning  psixologik  asoslari  haqidagi  masala  shunday 

muammolar  jumlasidandir.  M a’lumki,  ta’lim-tarbiyaning  muvaffaqiyati 

o'quv materialining mazmunigagina, ta’lim-tarbiya metodlarigagina bog'liq 

emas.  Bu muvaffaqiyat ko'p jihatdan o'quvchining qanday o'qiyotganligini 

bilishga,  ya’ni  o'quvchining yosh  xususiyatlariga,  dastlabki  aqliy taraqqi­

yoti  va  faolligiga  muvofiq  bilim  va  malakalar  o'zlashtirish  jarayonining 

psixologik asoslarini  bilishga ham  bog'liqdir.  O'quv  materiali  mazmunini 

tanlash,  o'quv  programmalari  va  rejalari,  darslik  va  o'quv  qo'llanmalari 

tuzish,  shuningdek,  maktab  ta ’limining  har  xil  bosqichlarida  turli  o'quv 

predmetlari  bo'yicha  o'qitish  metodlari  sistemasini  tashkil  qilish  va  tan­

lash  ham  ko'p jihatdan  ta’limning  psixologik asoslarini  bilishga va  hisob­

ga  olishga  bog'liq.

Umumiy  ta ’lim  predmetlari  bo'yicha  ta’lim  psixologiyasi  sohasidagi 

ishlar  chet  ellarda  va  Rossiyada  XIX  asr  o'rtalaridan  boshlab  o'tkazila 

boshladi. TaMimni psixologik jihatdan asoslash masalalari  K.D.  Ushinskiy- 

ning  barcha  pedagogik  asarlarida  muhim  o'rin  egallagan.

Hozirgi  vaqtda  ta’lim  psixologiyasi  va  xususiy  metodlarni  psixologik 

jihatidan  asoslash bo'yicha bizda ko'p eksperimental  ishlar o'tkazilayapti. 

Biroq  bu  ishlar  hozircha  maktabning  o'quv  materiali  mazmunini  belgi­

lash,  ayniqsa,  yangi,  yanada  samarali  o'qitish  metodlarini  qidirish  bilan 

bog'liq  bo'lgan,  tez  o'sib  kelayotgan  ehtiyojlarini  qondira  olmaydi.  Shu­

ning uchun ham psixologiyaning hozirgi vaqtdagi eng muhim vazifasi ta’lim 

psixologiyasi  masalalarini  yanada  chuqur  ishlab  chiqishdan  iboratdir.

Bu  masalalarning  ishlab  chiqilishi  uch  rejada  olib  borilishi  kerak.

Ta’lim psixologiyasining umumiy masalalari — ta’limda xotira, tafakkur, 

nutq,  xayol,  irodalarning  roli  hamda  o'quvchilaming  individual  xususi­

yatlari:  temperamenti,  xarakteri,  qiziqish-havaslarining  ahamiyati.

Sinflar  bo'yicha  bolalaming  yosh  xususiyatlariga  binoan  ta ’lim  psi­

xologiyasi  masalalari  (




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə