P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


S haxs  va  ongning  b a ’z i  fu n k s iy ala ri  m as alalari



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə536/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   532   533   534   535   536   537   538   539   ...   551
2 5463028049224140945

S haxs  va  ongning  b a ’z i  fu n k s iy ala ri  m as alalari

Psixologlarining tekshirishlarida shaxs va shaxsning yoshga qarab rivo­

jlanishi  masalalari  katta o'rin egallaydi.  1956-yili  (may-iyun)  Leningradda 

shaxs  psixologiyasi  bo'yicha  Butun  Ittifoq  kengashi  o'tkazildi.  Doklad- 

larda kishi shaxsini tarbiyalash va shakllantirish masalalariga muhim e’tibor 

berildi.


Hozirgi  vaqtda  shaxs  tushunchasini  aniqlashga,  uning  eng  muhim 

belgilarini:  ijtimoiyligi,  ongliligi,  o 'z-o 'zin i  anglashni  tahlil  qilishga 

bag'ishlangan  qimmatbaho  asarlar  oz  emas.  Shaxsning  ehtiyojlariga  xos 

xususiyatlariga,  uning  ongli  va  ijodiy  faolligiga,  yangi jamiyat  qurish  dav­

rida  uning  maslak,  ideallari,  dunyoqarashi  va  e ’tiqodlarining yo'nalishiga 

katta  e ’tibor berilmoqda.

Shaxsning turli  yoshda  qanday  rivojlanishi,  uning  individual  xususiyat­

lari,  xarakteri,  qobiliyatlari  hamda  qiziqishlari  masalasi  inson  psixikasi  va 

ongi  taraqqiyotiga  oid  umumiy  muammoning  muhim  tarkibiy  qismidir.

Psixologlar ongning  individual  taraqqiyotini  shaxs sifatida  o'sayotgan 

odamning barcha  tomonlaridagi,  barcha  psixik jarayonlaridagi  sifat jihat­

dan  o'zgarishdir,  deb  qaraydi.  Bu  o ’zgarish  — o'sish  organizmning  rivoj­

lanish  qonuniyatlari  va  kishilarning  turmush  sharoitlari  tufayli,  ijtimoiy 

muhit  hamda  taMim-tarbiya  ta’sirida  ro'y  beradi.  Ijtimoiy  muhit,  ta ’lim 

va  tarbiyaning  ta’siri  har  bir  insonning  rivojlanishida  hal  qiluvchi  rol 

o'ynaydi.  Biroq  shu  narsani  ta ’kidlamoq  kerakki,  bu  rivojlanish  rivojla- 

nayotgan  subyekt  o'zi  hayot  jarayonida  faol  ishtirok  etgan  taqdirdagina 

ahamiyatga  ega  boMadi.

Keyingi  yillar mobaynida  psixologiya  va  pedagogikada  «Ta’lim  va  aqliy



rivojlanish» muammosi, ayniqsa, faollashdi. Bu masalaning hal etilishi maktab- 

lardagi  ta’lim jarayonida  o'tkazilayotgan eksperimentiarga asoslanmoqda.

Rivojlanishning  o'zini  qanday tushunishdan  qat’i  nazar,  tadqiqotchi- 

larning  hammasi  ta’limning  hal  qiluvchi  roli  sharoitida  ta’lim  va  tarbiya­

ning  bir-biri  bilan  bog'lanligini  e ’tirof etadilar.

Psixologlar alohida psixik funksiyalar va jarayonlarni o'rganish sohasida, 

xususan,  sezgi,  idrok,  xotira,  tafakkur  sohasida  ko'p  ishlar  qildilar.

B.G. Ananev, A.V.  Zaporojets,  N.A.  Leontev va boshqalar olib boradigan 

sezgi  va  idrok  sohasidagi  tekshirishlar asosan  bu jarayonlarning  retseptiv 

tomonlariga  qaratilgan.  Tekshirishlar  shuni  ko'rsatdiki,  ko'ruv,  eshituv, 

teri sezgilari,  shuningdek,  sezgi va idrokning boshqa turlari  faqat  markaz­

ga intiluvchi jarayonning, faqat refleks boshlang'ich zvenosininggina mah­

suli emas.  Ular markazdan qochuvchi jarayonlarni ham, subyektning faol- 

ligini  aks ettiradigan  qidiruv,  sinov  reaksiyalarini  ham  qamrab  oladi.  Bu­

laming barchasi alohida,  perseptiv harakatlar bo'lib,  ular ichki psixik jara­

yonlar  bilan  birga,  tashqi,  birinchi  navbatda,  ozmi-ko'pmi  yorqin  ifoda­

langan  harakat  komponentlarini  ham  o'ziga  qamrab  oladi.

Xotira  sohasida  xotiraning  mahsuldorligi  esda  olib  qolish  faoliyatining 

nimaga  qaratilganiga  bog'liq  ekanligi  masalasi  keng  o'rganiigan.  Yaxshi 

esda qoldirishda qaytadan tiklash (esga tushirish)  va boshqa psixik jarayon­

larning  roli  aniqlangan.  A.  A.  Smirnov  va  P.  I.  Zinchenkoning  asarlarida 

esda  qoldirish  maxsus  xildagi  ichki  psixik  faoliyat  sifatida  aniqlangan.  Bu 

faoliyatning  strukturasi  ochilgan,  turli  esda  olib  qolish  usullarining  xarak- 

teristika,  uning tarkibiga kiruvchi har xil  mnemonik harakatlarning alohida 

zvenolarning  xarakteristikasi  berilgan.  Esda  qoldirish  jarayonida  ishtirok 

etadigan  tafakkur jarayonlariga  alohida  e’tibor berilgan.

Keyinchalik  psixologiya  sohasidagi  ilmiy  ishlar  faollashtirildi.  1956- 

yildan  boshlab  «Вопросы  психологии» jurnalining  chiqa  boshlashi  bu­

ning  guvohidir.  Psixologiya  masalalari  sohasidagi  ko'p  materiallar, 

shuningdek,  «Семя и школа»,  «Дошкольное воспитание»,  «Начальная 

школа»,  «Психологический  журнал»,  «Вопросы  философии» jurnal- 

larida  va  boshqa  davriy  matbuotda  bosilib  chiqib  turdi.  Ilmiy  ishlaming 

faollashtirilganligi,  shubhasiz,  1957-yil  Psixologlar  Jamiyatini  tuzishga 

yordam  berdi.  Shu  yillar  mobaynida  bizning  oliy  o'quv  yurtlarimiz  psi- 

xologiyadan  zaruriy  o'quv  qo'llanmalari  bilan  ta’minlandi.

Bu qobiliyatlarga kiruvchi esda olib qolish qobiliyatlarida ayrim zveno- 

laming  xarakteristikasi  berilgan.  Esda  olib  qolishda  qatnashuvchi  fikrlash 

jarayonlariga  alohida  e’tibor berilgan.





Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   532   533   534   535   536   537   538   539   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə