P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


PSIX O L O G IY A N IN G   YAQIN  ORADAGI  VAZIFALARI



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə537/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   533   534   535   536   537   538   539   540   ...   551
2 5463028049224140945

PSIX O L O G IY A N IN G   YAQIN  ORADAGI  VAZIFALARI

Psixologiya  fanining  ko‘p  sohalarda  rivojlanganligi,  bu  fanining  bar­

cha muhim yo'nalishlari bo‘yicha taraqqiy ettirish vazifasini qo‘ydi. Olimlar 

oldiga  fanni  xo‘jaligimiz  va  sanoat  qurilishning  barcha  sohalariga joriy 

qilish  vazifasi  qo‘yildi.

Bu vazifalar o'zining nazariy va amaliy ahamiyati jihatidan keng hamda 

xilma-xildir.

Hozirgi  vaqtda  psixologiya  ko‘p  tarmoqlarga  bo'linib,  butun  bir  psi­

xologik  faniar sistemasini  tashkil  qiladi.  Bu  psixologik  fanlarning  har biri 

o'z  obyekti,  o'zining  tekshirish  metodlari  va  vazifalariga  egadir.  Har  bir 

psixologiya  sohasining  o'zida  hal  qilishni  talab  qilib  turgan jarayonlar oz 

emas.  Psixologiyada  eng dolzarb  deb  hisoblash  mumkin  bo'lgan  ba’zi  bir 

masalalarga  to'xtalib  o'tamiz.

METODOLOGIYA  MUAMMOLARI

Har bir fanning asosiy vazifasi  uning metodologiyasini  aniqlab olishdir.

Shuningdek, nazariy muammolarni ishlab chiqish amaliyot bilan bog'liq 

holda  o'tkazilgan  taqdirdagina  yanada  mahsuldor boiadi.  Haqiqiy  dalil- 

larga  asoslangan,  amaliyotda  sinalgan  nazariyagina  haqiqiy  ilmiy  nazari- 

yadir.  Kishilarning  amaliy  faoliyatida  ko'pincha  yangi  faktlar,  voqelik 

hodisalari  o'rtasidagi  yangi  bog'lanishlar  ochilib  qoladi,  shular  tufayli 

nazariya  yanada  boyiydi,  aniqlanadi  va  mukammallashadi.

Ayni vaqtda, psixologiyadagi amaliy vazifalaming muvaffaqiyatli hal qilini­

shi nazariy muammolarning qay darajada hal qilinishiga qattiq bog'liq boiadi.

Bundan buyon  ham  psixologiya masalalari  Pavlovning oliy  nerv faoli­

yati  fiziologiyasi  haqidagi  taiim oti  asosidagina  muvaffaqiyatli  hal  qilini­

shi  mumkin.

Inson miyasining tuzilishi va faoliyati sohalarini yanada o'rganishda Pav­

lovning shogirdlari va izdoshlari  ancha yutuqlami qoiga kiritdilar.  Bu yutuq­

lar ko'pchilik  psixik  hodisalami  tushuntirishda  katta ahamiyatga egadir.

Tajriba  ko'rsatishicha,  oliy  nerv sistemasiga taalluqli  ko'pchilik  masa- 

lalar ko'p  hollarda  psixologiya  muammolarning  qo'yilishi  va  hal  qilinishi 

munosabati  bilan  paydo  boiadi.

Ayni  vaqtda  shuni  ham  e'tiborga  olmoq  kerakki,  ko'pgina  chet  ellik 

olimlaming  orasida  progressiv  yo'nalishdagi  psixologlar  ham  ishlamoq- 

dalar.  Shu psixologlarning ilmiy tekshirishlaridagi ijobiy yutuqlarni hisobga 

olish  va  ulardan  foydalanish lari  lozim.  Turli  mamlakatlar  psixologlari 

o'rtasidagi  do'stlik  aloqalarining  mustahkamlanishi,  tajriba  almashtirish 

psixologiya  fanining  yanada  samarali  taraqqiy  etishiga  yordam  beradi.





Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   533   534   535   536   537   538   539   540   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə