P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


P S IX O L O G IY A   S O H A S ID A G I  M U N O Z A R A L A R .  3 0 - Y IL L A R D A



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə534/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   530   531   532   533   534   535   536   537   ...   551
2 5463028049224140945

P S IX O L O G IY A   S O H A S ID A G I  M U N O Z A R A L A R .  3 0 - Y IL L A R D A  

P S IX O L O G IY A D A   E R I S H IL G A N   Y U T U Q L A R

Inson  xulqini  o'rganish  bo'yicha  chaqirilgan  Butunittifoq  syezdi  psi­

xologiya  taraqqiyoti  birinchi  bosqichining  yakuni  bo'ldi.  Biroq,  syezd- 

ning  yakunlari  o'sha  davr  psixologiyasini  ko'rish  sohasida  hamma  narsa 

o'z  o'rnida  emasligini  ko'rsatdi.  Xususan,  insonning  butun  psixik  faoliy­

atini  reaksiyalarga tenglashtirib qo'yishga bo'lgan urinishlar ochiqdan ochiq 

ko'rinib  turardi,  bu  esa  psixologiyani  amalda  reaktologiyaga  aylantirib 

qo'yardi,  bu  reaktologiyani  marksistik  psixologiyaning  aniq  gavdalanishi 

deb aytishga, demak,  marksistik psixologiyani empirik (subyektiv)  va obyek­

tiv psixologiyani,  ya’ni  bixeviorizm  bilan  refleksologiyaning «sintezi»  deb 

tushuntirishga  urinishlaridan  oydin  dalolat  berar edi.

Syezddan  keyin,  ko'p  o'tmasdan,  (1929  —  1931-yilgacha)  bulaming 

hammasi  psixologiya  fani  sohasidagi  metodologiya  munozaraning  kucha- 

yishiga  olib  keldi.

Psixologiya sohasidagi munozaralar falsafiy (umumetodologik) frontdagi



kurashning  aniq  ifodasi  bo‘ldi.  Falsafadagi  munozara  mexanizmni  anti- 

marksistik oqim deb qoraladi.  Bu  metodologik munozara  fanning boshqa 

sohalariga,  ya’ni  siyosiy  iqtisod,  adabiyotshunoslik,  tabiatshunoslik  kabi- 

larga

  ham  tarqaldi.

Diskussiya,  bizning  psixologiyamizda  bir qancha juda  qo'pol  metodo­

logik  og'machilik va  buzg‘unchiliklarning  mavjudligini  ochib  berdi.  Masa­

lan,  psixologiya sohasida mexanistik qarashlar yo‘li  bilan sinfiy — dushman 

boMgan  ta’simi  kuchaytirishga  urinish  borligi  aniqlandi.  Idealistik  naza- 

riyalar  bilan  chirmashib  ketgan  bu  og'machilik  va  mexanistik  qarashlar 

o'sha vaqtda  chinakam  dialektik-marksistik  qarashlar deb  targMb qilinardi.

Shuningdek,  munozara,  refleksologiya va reaktologik psixologiya aso­

sida  o ‘sha  davr pedagogika  sistemasini  ko'rish  mumkin  emasligini,  yangi 

jamiyat  qurayotgan  kishilami  qaysi  usullar bilan,  qanday  yo‘na!ishda tar­

biyalash va qayta tarbiyalash  mumkin,  degan  masalani  hal  qilish  mumkin 

emasligini  ko'rsatdi.

Refleksologiya  va  reaktologiya  asosida  faqat  hayvonlarni  dressirovka 

qilish  (o'rgatish)  usullari  haqidagina  gapirish  mumkin.

Munozara  jarayonida  bizda  burjua  idealistik  psixologiyasining  turli 

oqimlari,  chunonchi: V.  Shtem  personalizmi,  struktura psixologiya,  frey- 

dizm  boshqa-boshqa  oqim  tarqalganligi  aniqlandi.

Bu  oqimlarning  hammasi  bizda  tanqidiy  asosda  ko'rib  chiqilmasdan 

qabul  qilinib,  sotsialistik  qurilish  vazifalariga  toMiq javob  beradigan  ilmiy 

nazariyalar deb taqdim  qilinardi.  Masalan,  struktura,— Geshtalt  — psixo­

logiya  asosida  ta’limning  «kompleks  sistemasi»,  savod  o'rgatishda  butun 

so'zlar  metodi  kabi  mutlaqo  yaroqsiz  va  zararli  metodlar  ishlab  chiqildi. 

Psixotexnikani,  ya’ni  mehnatni  o'sha  zamon  talabi  asosida  uyushtirish 

amaliyotini  Shtern psixologiyasiga binoan  rivojlantirmoqchi bo'ldilar.  Ular 

pedagogika va  psixiotriyani  freydizm  psixologiyasiga tayangan  holda aso­

slashga  intildilar.

30-yil  ideologik  frontda  yanada  avjiga  chiqqan  sinfiy  kurashning 

kuchaygan davri edi, o'sha vaqtda bu sohada yangidan yangi yo'llar qidirila 

boshladi.

O'sha vaqtda yangi psixologiya uchun kurashga boshchilik qilgan  pro­

fessor  Kornilov,  garchand  xatolarga  yo'l  qo'ygan  bo'lsa  ham,  uning  tari­

xiy  xizmatlari  shundan  iborat  ediki,  bixevioristlar  va  refleksologlaming 

avjiga  chiqqan  siqig'i  ostida  kurash  olib  bordi  va  psixologiya  fanining 

mustaqilligini  himoya  qilib  qola  oldi.

Munozaralaming eng muhim yakuni haqiqatan ham ilmiy psixologiyani 

yaratish  vazifasi  edi.  Munozaralar  shu  narsani  ko'rsatdiki,  buning  uchun 

o'sha  davr  metodologik  merosini,  psixologiya  sohasiga  bevosita  daxldor 

bo'lgan  ta ’limotini  puxta  o'rganish  va  egallab  olmoqlari  kerak  edi,  ik- 

kinchidan,  psixologlar psixologiya sohasidagi  barcha tarixiy meros va yu-




tuqlam i  o'rganish  bilan  shug‘ullanishlari  va  bu  yutuqlarni  tanqidiy 

o'zlashtirib olishlari kerak edi va uchinchidan, o ‘tmishda erishilgan yutuq- 

larga  asoslanib  turib,  ilmiy  psixologiya  muammolarini  ishlab  chiqishni 

ilgari  surmoqlari  kerak  edi.

Munozara  natijasida  o ‘sha  davr  psixologiyasida  haqiqatan  ham  qayta 

kurash  ishlari  boshlandi.  Psixologiyaning  metodologik  va  asosiy  muam- 

molari  bo‘yicha  asarlar yozildi,  bir qancha  buijua  psixologiyasi  nazariya­

lari  tanqidiy  ravishda  yoritildi.  Bir  qancha  eksperimental  ishlar  qilinib, 

ularda psixik jarayonlar sifat jihatidan  o'ziga xos hodisalar deb tushunildi, 

ular organizmning  reflekslari  va  reaksiyalariga  tenglashtirib  qo'yilmadi.

Ikkita  o‘quv  qo'llanmasi  munozaralardan  keyin  psixologiyaning  qayta 

ko'rilganligini ko'rsatuvchi yaqqol dalil edi.  Bulardan birini professor Kornilov 

(«Psixologiya»  1-nashri  1934va2-nashri  1935-yillarda) ikkinchisini esa professor 

S.  L.  Rubinshteyn  («Основы общей  психологии»,  1935-yil)  tuzgan  edi.

Bu asarlarda psixologiya masalalari munozaralaigacha bo'lgandan boshqa- 

charoq  talqin  qilindi.  Xususan,  professor  Kornilov,  bu  kitobida  psixologiya 

predmetini  tushunishni  keskin  o'zgartirdi,  ayrim  psixik jarayonlar  esa  endi 

organizm  reaksiyalarining  kombinatsiyasi  deb  talqin  qilinmaydi.  Bu  psi­

xologiyada  emotsiyalar,  iroda va xarakter psixologiyasiga ham o ‘rin  beriladi.

30-yillarda  psixologlar  psixikani  eksperimental  o'rganish  yuzasidan 

ko‘p maxsus laboratoriya va xonalar tashkil  qildilar.  Bunday laboratoriya- 

lar faqat  markaziy  shaharlar  (Moskva,  Leningrad)dagina  emas,  balki  olis 

viloyatlar  hamda  milliy  respublikalar,  shaharlarida  ham  tashkil  qilindi.

Shu davrda  O'zbekistonda ham eksperimental laboratoriya va xonalar 

tashkil  qilina boshladi.  Toshkentda  O 'rta Osiyo  Davlat  universiteti  huzu­

rida, O'rta Osiyo  Kommunistik universiteti, temir yo'l transporti  boshqar- 

masida va Magnat instituti huzurida laboratoriyalar tashkil qilingan.  Samar- 

qand  shahridagi  o'zbek  pedinstitutida  ham  boy jihozlangan  laboratoriya 

tashkil  qilingan  edi.

Bu  davrda professor Lazurskiy  kashf etgan juda foydali tabiiy eksperi- 

mentni  qo'llab,  bolalar  psixologiyasi  va  eksperimental  psixologiya  soha­

sida  ko'plab  eksperimental  tadqiqotlar o'tkazdilar.

Ayrim  psixik  jarayonlar  va  ulaming  funksiyalarini  o'rganish  sohasida 

ham  bir  qancha  ishlar  qilindi.  Masalan,  V.A.  Artemovning  idrok  sohasi­

dagi, Ye.A.  Ribnikov va A.N.  Leontevlarning xotira sohasidagi,  L.S.  Vigot- 

skiyning tafakkur sohasidagi tadqiqotlari va boshqalar shular jumlasidandir.

Mehnat  psixologiyasi sohasida ham juda ko'p ishlar qilindi.  Ular faqat 

xona va  laboratoriyalardangina  emas,  balki  bevosita  ishlab  chiqarishning 

o'zida,  zavod,  fabrikalarda,  shu jumladan,  O'zbekiston  paxta  dalalarida 

ham  o'tkazildi.




Bu davrda hayvonlar psixikasini o'rganish sohasidagi ishlar ham  kuchli 

sur’atda  avj  oldirildi.  Bu jihatdan  Ladngina  Kot  Voytonis  va  boshqalar­

ning  ishlari,  ayniqsa,  qimmatlidir.

Shu  yillari  psixologiyaning  deyarli  hamma  sohalarini:  psixika,  psixika 

va  ong  taraqqiyoti  haqidagi,  sezgi,  idrok,  xotira  kabilar  haqidagi 

ta’limotlarni  qamrab  oluvchi  bir  qancha  katta  asarlar  nashr  qilindi.  Bu­

lardan  eng muhimlari  quyidagilardir:  «Psixologiya»,  prof.  K.N.  Kornilov, 

B.M.  Teplov va  L.M.  Shvartslar tahriridagi jamoa asar;  prof.  S.L.  Rubin­

shteyn  «Основы  общей  психологии»;  «Психология»,  Kostyuk  tahriri- 

da  (ukrain  tilida),  «Общая  психология»  D.  N.  Uznadze  (gruzin  tilida).

Shu  narsani  ta ’kidlamoq  kerakki,  bu  asarlarning  ko‘pchilik  qismi 

o‘sha  davr  psixologlarining  tadqiqotlari  materiallari  asosida  yozilgan. 

Urushgacha  davrda  o ‘sha  davr  psixologiyasi  manzarasi  mana  shundan 

iborat  edi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   530   531   532   533   534   535   536   537   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə