4. Funksiyalarning lokalizatsiyasi (joylashuvi)
Turli psixik funksiyalar faoliyati odatda bosh miyaning ayrim siste
masining qismlariga bogiiq boMadi.
I.P. Pavlovning tekshirishlariga qadar, funksiyalar lokalizatsiyasi ha
qidagi masalada noto'g'ri fikr yurar edi, ya’ni miya po'stida har bir psixik
funksiyaning qat’iy aniq markazi boMadi, miyaning muayyan anatomik
qismi muayyan psixik funksiyani idora etadi, deb hisoblanar edi.
Masalan, ko‘ruv markazi miyaning ensa qismida, eshituv markazi yu
qori chakka pushtasining o'rta qismida, hid bilish markazi ilmoqsimon
pushtada (bu pushta yarim sharlaming pastki yuzasida boMadi), nutq hara
katlari markazi (Broka markazi) chap yarim shaming uchinchi peshana
pushtasida, birovning nutqini tushunish markazi (Vernike markazi) chap
yarim shardagi birinchi chakka pushtasining orqadagi va o‘rta qismida
joylashganligi aniq, deb hisoblanar edi. Xuddi shuningdek, oyoq, qoM
barmoqlar, tana harakatlarining alohida-alohida markazlari bor, deb aytilar,
«yozuv markazlari», «o‘qish markazlari» va shunga o'xshash markazlar
bor deb, da’vo qilinar edi.
l.P. Pavlov funksiyalarni shu tariqa sof anatomik nuqtayi nazardan
lokalizatsiyalashdan tamoman farq qiladigan boshqa lokalizatsiya haqida
yangi ta’limot ishlab chiqdi. l.P. Pavlovning tajribalari shuni ko'rsatdiki,
analizatorlaming markaziy qismlarini miya po'stining bir-biridan uzil-
kesil chegara bilan ajralgan boMaklari deb tushunish yaramaydi. Haqiqat -
da bu «markazlar»ning bir-biriga o'tishi, bir-biriga qo'shilishi, bir-birini
qoplashi aniqlandi. Masalan, optik analizatorning markaziy qismi, yadrosi,
yorugMik ta’sirotlarini yuqori darajada sintez va analiz qiladigan organ —
yarim sharlarning ensa boMaklaridadir. Ammo optik analizatorning ham
masi shu yerda emas. Bu analizator keng tarqalgan katta yarim sharlar
ning balki hammasiga ham tarqalgan boMsa ehtimol. Boshqa analizator-
larning «markazlari» to'g'risida ham gap shunday. l.P. Pavlovning fikriga
ko'ra, analizatorning po'stdagi qismi po'stga (ehtimol, butun po'stga ham)
yoyilgan ikki xil hujayralami o'z ichiga oladi: bir xil hujayralar eng sodda
analiz va sintez funksiyalarni o'taydi, ikkinchi xil hujayralar yadroni tashkil
etadi, murakkab (kompleks) qo'zg'alishlar o'sha yadroda nozik analiz va
sintez qilinadi, qo'zg'ovchilar juda aniq ajratiladi, ularni bunday ajratish
organizm hayoti uchun nihoyatda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |