P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


  Vegetativ nerv  sistemasi



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   551
2 5463028049224140945

5.  Vegetativ nerv  sistemasi

Vegetativ  nerv sistemasini  nerv tugunlari  va bu  nerv tugunlarini  orqa 

miyadagi  hamda  orqa  miyadan  tashqaridagi  maxsus  birikma va  chatish-



malari  tashkil  etadi.  Vegetativ nerv sistemasidagi  nerv hujayralarining va 

nerv tugunlarining ayrim birikmalari hazm organlarida, qon aylanish,  na- 

fas  olish  organlarida  va  shunga  o'xshash  organlarda  bo'ladi.  Vegetativ 

nerv  sistemasi  markaziy  nerv  sistemasi  bilan  bog'langan:  vegetativ  nerv 

sistemasining  nerv  tugunlari  bosh  miyaning  gipotalamus  (ko'ruv 

do'mboqlarining pastki qismi),  to'rt  tepalik va uzunchoq,  miya sohasida, 

shuningdek,  orqa miyaning ko'krak,  yuqori bel va dumg'aza bo'limlarida 

joylashgan.

Katta yarim sharlar po'stining peshana qismlarida periferik nerv siste­

masining  ham,  vegetativ  nerv sistemasining  ham  funksiyalarini  birlashti- 

radigan yuksak  markazlari  bor.  Bosh  miya  po'stidan  periferik  nerv siste- 

masiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi.  Bino- 

barin,  vegetativ nerv sistemasini,  shuningdek, boshqa qism va markazlar- 

ni  bosh  miya po'sti  idora  etadi.

Vegetativ nerv sistemasi  umumiy nerv sistemasining bir qismi bo'lib, 

ichki  organlar hazm,  nafas,  qon  aylanish  organlarining  ishlarini  va  ichki 

sekretsiya bezlarining faoliyatini  idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi or- 

ganizmning umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi.  Organizm 

jarayonlarining shu tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan  idora etili­

shi organlar faoliyatining kuchayishi va susayishida,  ortishi va kamayishi- 

da  ko'rinadi.  Vegetativ  nerv sistemasi  ichki  organlar bilangina  bog'lanib 

qolmay,  balki  organizmning  boshqa  hamma  qismlari  bilan  ham 

bog'langandir.  Vegetativ  nerv  sistemasining  markazdan  qochuvchi  tola­

lari  hamma  sezgi  organlarida  va  teri  hujayralarida  bor.  Vegetativ  nerv 

sistemasi o'sha tolalar orqali sezgi organlariga ta’sir etib, ularning faoliya­

tini  kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ nerv sistemasi  sez­

gi  organlarining adaptatsiyasiga (ya’ni  moslanishiga)  ancha yordam berar 

ekan.  Vegetativ  nerv sistemasi  markaziy  nerv sistemasining  turli  qismla­

riga, jumladan,  bosh  miya po'stiga ham ta’sir etadi.  Shuning  uchun  ham 

vegetativ  nerv  sistemasining  ta’siri  psixik  jarayonlarda  ham  ko'rinadi. 

Vegetativ  nerv  sistemasi  ikki  bo'lakdan:  simpatik  nerv  sistemasi  va  pa- 

rasimpatik nerv sistemasidan iborat. Simpatik nerv sistemasining markaz­

lari  gipotalamusda,  orqa  miyaning  ko'krak va  yuqori  bel bo'limlaridadir. 

Simpatik nerv sistemasining tolalari tanadagi  hamma organlarga yoyiladi. 

Parasimpatik  nerv sistemasining  markazlari  to'rt  tepalikda,  o'rta  miyada 

(Varoliy  ko'prigi),  uzunchoq  miyada  va  orqa  miyaning  dumg'aza 

bo'limidadir.

Simpatik  va  parasimpatik  nerv  sistemalari  ichki  organlar  faoliyatini 

idora  etishda  «antagonistlar»  rolini  belgilaydi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə