1. Reflekslar
l.P. Pavlovning fiziologik ta’limotidagi
asosiy tushuncha refleks tushunchasidir. «Ref-
leks oiganizmning nerv sistemasi yordami bi
lan tashqi olam ta’sirlariga beradigan javob
harakatlari reaksiyasidir». Masalan, igna san-
chilsa, qo'limizni tortib olamiz. Og‘izga ovqat
solinganda, so‘lak chiqa boshlaydi, yorug‘da
ko‘z qorachiqlari torayadi, qorong'ida esa ken-
gayadi. Bu misollarda qo‘lga igna sanchilishi,
og‘izga ovqat solinishi, yorug‘lik qo'z-
g'ovchilardir, so‘lak ajralishi, ko‘z qora-
chig'ining torayishi va kengayishi organizmning
javob harakatlaridir. Refleks yoyi (reflektor
dura) har qanday refleks quyidagi sxemaga mu
vofiq ro‘y beradi: qo‘zg‘ovchi (masalan, igna
sanchilishi) sezuvchi nervning chekka tarmoq-
larini qo‘zg‘aydi. Bu qo'zg'alish sezuvchi nerv
orqali markazga, ya’ni orqa miyaga yoki bosh
miyaga yetadi. Markazda qo'zg'alish sezuvchi
nerv hujayralardan harakatlantiruvchi nerv hu-
jayralariga o'tadi. Harakatlantiruvchi nerv esa
muskulni harakatga keltiradi (masalan, qo'lning tortib olinishi) yoki
qo'zg'alish sekreter nervga o'tadi, bu nerv esa bezning faoliyatini kuchay-
tiradi (masalan, so'lak ajralishi).
Refleksda nerv qo'zg'alishi o'tadigan yo'l refleks yoyi (durasi) deb
ataladi (11-rasm). Refleks yoyining uchta qismi bor: 1) sezuvchi yoki
afferent qismi — qo'zg'alish periferiyadan markazga shu qism orqali o'tadi;
2) markaziy qism qo'zg'alish sezuvchi nerv hujayrasidan harakatlanti
ruvchi nerv hujayrasiga qism orqali o'tadi; 3) harakatlantiruvchi yoki ef-
fektor qism qo'zg'alishni markazdan muskulga yoki bezga o'tkazadi.
Reflekslar hayvon organizmining tashqi muhitga moslashuviga, muhit bilan
aloqada bo'lishiga yordam beradigan nerv-fiziologik mexanizmlardir.
Hayvon organizmlari shartsiz va shartli reflekslar yordami bilan tash
qi muhitga moslashuvini, shu muhit bilan aloqada boiishini l.P. Pavlov
aniqlab bergan. l.P. Pavlovning buyuk xizmati shundaki, u shartli refleks-
ni kashf etdi, bu refleksning shartsiz refleksdan farqini aniqladi va hayvon
organizmining hayotida shartli reflekslarning qanday ahamiyati borligini
ko’rsatib berdi. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, shartsiz refleks bilan shartli
refleks o'rtasidagi farq quyidagidan iborat. Shartsiz reflekslar tug'ma bo'ladi.
Ular organizm hayotining birinchi kunlaridanoq ko'rina boshlaydi va tabiiy
Dostları ilə paylaş: |