PSIX O L O G IY A N IN G YAQIN ORADAGI VAZIFALARI
Psixologiya fanining ko‘p sohalarda rivojlanganligi, bu fanining bar
cha muhim yo'nalishlari bo‘yicha taraqqiy ettirish vazifasini qo‘ydi. Olimlar
oldiga fanni xo‘jaligimiz va sanoat qurilishning barcha sohalariga joriy
qilish vazifasi qo‘yildi.
Bu vazifalar o'zining nazariy va amaliy ahamiyati jihatidan keng hamda
xilma-xildir.
Hozirgi vaqtda psixologiya ko‘p tarmoqlarga bo'linib, butun bir psi
xologik faniar sistemasini tashkil qiladi. Bu psixologik fanlarning har biri
o'z obyekti, o'zining tekshirish metodlari va vazifalariga egadir. Har bir
psixologiya sohasining o'zida hal qilishni talab qilib turgan jarayonlar oz
emas. Psixologiyada eng dolzarb deb hisoblash mumkin bo'lgan ba’zi bir
masalalarga to'xtalib o'tamiz.
METODOLOGIYA MUAMMOLARI
Har bir fanning asosiy vazifasi uning metodologiyasini aniqlab olishdir.
Shuningdek, nazariy muammolarni ishlab chiqish amaliyot bilan bog'liq
holda o'tkazilgan taqdirdagina yanada mahsuldor boiadi. Haqiqiy dalil-
larga asoslangan, amaliyotda sinalgan nazariyagina haqiqiy ilmiy nazari-
yadir. Kishilarning amaliy faoliyatida ko'pincha yangi faktlar, voqelik
hodisalari o'rtasidagi yangi bog'lanishlar ochilib qoladi, shular tufayli
nazariya yanada boyiydi, aniqlanadi va mukammallashadi.
Ayni vaqtda, psixologiyadagi amaliy vazifalaming muvaffaqiyatli hal qilini
shi nazariy muammolarning qay darajada hal qilinishiga qattiq bog'liq boiadi.
Bundan buyon ham psixologiya masalalari Pavlovning oliy nerv faoli
yati fiziologiyasi haqidagi taiim oti asosidagina muvaffaqiyatli hal qilini
shi mumkin.
Inson miyasining tuzilishi va faoliyati sohalarini yanada o'rganishda Pav
lovning shogirdlari va izdoshlari ancha yutuqlami qoiga kiritdilar. Bu yutuq
lar ko'pchilik psixik hodisalami tushuntirishda katta ahamiyatga egadir.
Tajriba ko'rsatishicha, oliy nerv sistemasiga taalluqli ko'pchilik masa-
lalar ko'p hollarda psixologiya muammolarning qo'yilishi va hal qilinishi
munosabati bilan paydo boiadi.
Ayni vaqtda shuni ham e'tiborga olmoq kerakki, ko'pgina chet ellik
olimlaming orasida progressiv yo'nalishdagi psixologlar ham ishlamoq-
dalar. Shu psixologlarning ilmiy tekshirishlaridagi ijobiy yutuqlarni hisobga
olish va ulardan foydalanish lari lozim. Turli mamlakatlar psixologlari
o'rtasidagi do'stlik aloqalarining mustahkamlanishi, tajriba almashtirish
psixologiya fanining yanada samarali taraqqiy etishiga yordam beradi.
|