P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


II.  YUKSAK  NERY  FAOLIYATI



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   551
2 5463028049224140945

II. 

YUKSAK  NERY  FAOLIYATI.

 

l.P .  PAVLOV  TA’LIMOTINING  ASOSIY  QOIDALARI

Nerv sistemasining, ayniqsa, uning yuksak uchastkalarining faoliyati uzoq 

vaqtgacha tekshirilmasdan keldi. Rus olimlari nerv sistemasining fiziologiya- 

sini o‘iganish sohasida jahon miqyosida katta xizmat ko‘rsatdilar. Rus fiziologi- 

yasining  otasi  l.M.Sechenov  (1829—1905)  bosh  miyaning  materialistik 

flziologiya ilmini yaratish  yo'llarini birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi.

1863-yilda uning «Bosh  miya reflekslari»  nomli  mashhur asari bosilib 

chiqdi.  Bu  asarda  Sechenov  o‘sha  vaqtdagi  ilg‘or  flziologlarning  yutuq- 

lariga va o‘zi olib borgan tekshirishlarga asoslanib, odamning psixik faoli­

yati qandaydir ismi bor, jismi yo‘q,  moddiy bo'lmagan ruh, jonning mah­

suli  bo‘lmay,  balki  faqat  miyaning  faoliyatidir,  degan  fikmi  dadil  aytdi. 

Fiziologiya  olimi  boMgan  Sechenov  materialistik  monizmning  tabiiy-il- 

miy asoslarini yaratib berdi. Chernishevskiy va undan oldin o‘tgan boshqa 

rus materialistlari  materialistik monizmni taraqqiy qildirdilar.  «Odamdagi 

psixik va  fiziologik  hodisalaming  ikkovi  ham bir xildagi,  bir-biriga  yaqin 

hodisalar,  bir moddiy asosdan  kelib  chiqadigan  hodisalardir»,  deb  yozdi 

Sechenov.  Psixik  jarayonlarning  negizi  bosh  miya  reflekslaridir,  degan 

taMimotni  Sechenov birinchi  boMib  ilgari  surdi.  «Ongli  va ongsiz hamma 

psixik  hodisalar,  — deb  yozadi  u,  — o'zlarining  kelib  chiqish  jihatidan 

aslida  reflekslardir».  Shu  bilan birga  l.M.Sechenov  refleksning  markaziy 

qismini,  ya’ni  miyada  boMadi.  P.I.Ivanov jarayonlarni  ajratadi,  bu jara­

yonlar,  Sechenovning  fikricha,  psixikani  vujudga  keltiradi.

Miyaning reflektor faoliyatini o'rganish sohasida  l.M.Sechenov bosh- 

lagan  ishni  l.P.  Pavlov  mustahkam  eksperimental  asosga  qo‘ydi,  refleks 

tushunchasiga  yangi  ma’no  berdi,  shartli  reflekslarning  vujudga  kelish 

mexanizmlarini  kashf etdi,  yangi  ilm yuksak  nerv faoliyati  fiziologiyasini 

vujudga  keltirdi,  bu  nerv  faoliyati  fiziologiyasi  materialistik  psixologiya­

ning  tabiiy-ilmiy  asosi,  poydevoridir.  l.P.  Pavlov  o‘z  tekshirishlarining 

psixologiya  uchun ahamiyati borligini  ko'rsatib  o'tgan edi.  «Bizning tek- 

shirishlarimiz,  — degan edi u,  — psixologlar uchun juda katta ahamiyatga 

ega  boMishi  kerak,  chunki  ular  keyinchalik  psixologiya  ilmining  asosiy 

poydevori  boMishi  kerak  deb  o'ylayman».  l.P.  Pavlovning  fikricha,  yuk­

sak nerv faoliyatining fiziologiyasi vujudga kelishi bilan,  «Psixologlar,  ni- 

hoyat,  o'zlari  tekshiradigan  asosiy  hodisalaming  umumiy  mustahkam 

zaminiga,  tabiiy  sistemasiga  ega bo'ladilar,  shu  bilan  ulaming  odamdagi 

son-sanoqsiz,  tartibsiz tuyg'ularini  sistemaga  solishlari  oson  bo'ladi».




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə