Shartli tormozlanishning ikkinchi turi difTerensiallovchi tormozlanish-
dir.
Muvaqqat, shartli bog'lanish oydinlashganda, ixtisoslashganda shu
xil tormozlanish voqe bo'ladi.
DifTerensiallovchi tormozlanish — tashqi qo'zg'ovchilami g'oyat aniq
farq qilish mexanizmidir. Bu tormozlanish organizmning qo'zg'ovchilarga,
o'z hayot sharoitiga juda aniq moslanishini ta’minlaydi.
Tormozlanishning bir turi uyqudir. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, uyqu
bosh miya po'stiga yoyiladigan (irradiatsiyalangan) ichki tormozlanishidir.
«Biz ichki tormozlanish deb ataydigan jarayon va uyqu — bir jarayondir».
(l.P. Pavlov, Полное собрание сочинений, IV tom, 264-bet.)
Agar uyqu vaqtida bosh miya po'stining ayrim qismlaridagi tormoz
lanish jarayoni susayib, ma’lum darajada qo'zg'alish jarayoni yuz bersa,
odam tush ko'radi.
Bosh miya po'stining qisman qo'zg'alishi natijasida ham butun po'st
tormozlanishi (uyqu bosishi) mumkin. Masalan, kuchsiz yoki o'rtacha
kuchli qandaydir qo'zg'ovchi uzoq vaqt bir tekis ta’sir etib tursa (masa
lan, metronomning tebranishi), bu qo'zg'ovchi ta’sirida tegishli markaz-
da tormozlanish jarayoni voqe bo'ladi. Bunday juz’iy tormozlanish butun
postga tarqalishi mumkin. Shuning uchun ham, masalan, hadeb bir
maqomda gapirish uyqumizni keltiradi. l.P. Pavlovning fikricha, gipnoz
fiziologik jihatdan shu qonuniyatga asoslangan bo'lib, gipnoz vaqtida bosh
miya po'stining kattaroq qismi tormozlanadi-yu, ayrim qismlari qo'zg'algan
holda qolaveradi.
Dostları ilə paylaş: |