l.P. Pavlov bosh miya katta yarim sharlari po'stini turli fiziologik rol
faoliyatini birlashtirish jarayonlari doimo voqe bo'lib turadigan muayyan
bo'ladigan jarayonlarning xarakteriga (tezligiga, turg'unligiga) ta’sir etadi.
qo'zg'ovchining ta’sir etishi bilangina belgilanib qolmay, balki bosh miya
po'stida qanday bog'lanish sistemasi tarkib topganligi, qanday dinamik ste
reotip borligi bilan ham belgilanadi. Mustahkam tarkib topgan dinamik
stereotip ayrim qo'zg'ovchi paydo bo'lganda butun boshli reaksiyalar siste
masining takrorlanishiga imkon beradi. Dinamik stereotip oiganizmning
takrorlanib turadigan bir xil tashqi ta’sirlarga moslanishi demakdir. Agar
sharoit o'zgarsa, agar mavjud dinamik stereotipga mos kelmaydigan yangi
qo'zg'ovchilar paydo bo'lsa, bu stereotip o'zgaradi, qayta quriladi.
Bu qayta qurilish ko'pincha nerv sistemasining ishini qiyinlashtiradi.
Mustahkam tarkib topgan stereotip l.P. Pavlovning so'zlari bilan aytganda,
«qattiq urishib qolgan, ko'pincha qiyinchilik bilan o'rganadigan, yangi sha
roit, yangi qo'zg'ovchilar arang yenga oladigan bo'lib qoladi». (I.P.Pavlov.
Полное собрание сочинений. 2-kitob, III tom 333-bet). Nerv jarayon-
larining sistemaliligi haqidagi l.P. Pavlov ta’limoti hayvonlaming xulq-
atvoriga o'tmish tajribasining ta’sir etish mexanizmlarini ochib beradi. Juda
mustahkam o'rnashib qolgan odat va malakalar stereotiplarga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: