o‘rgatish
(dressirovka) deb ataladi.
Yuksak darajadagi hayvonlarning ba’zi ko'nikmalari juda murakkab
boMadi va hatto aqllilik belgisi bo'lib ko'rinadi. Masalan, o'rgatilib, sirk
sahnasiga olib chiqiladigan hayvonlarning ko'rsatadigan harakatlari: fillar
raqsi, ayiqlaming velosiped minib yurishi, sherlarning akrobatik harakat
lari, it, otlarining «matematik masalalarni» yechishi va hokazolar shun-
daydir. Bulaming hammasi shartli reflekslar hosil qilishga asoslangandir.
Hosil boMgan ko'nikmalar ayrim hollarda, hayvonlarning hayot sharoiti
ga qarab, mustahkamlanishi va irsiy bo'lib qolishi yangi instinktiv ha
rakatlar shaklida nasldan-naslga o'tishi mumkin. l.P. Pavlov fiziologlar-
ning 1913-yilda gronengenda bo'lib o'tgan xalqaro kongressida bunday
degan edi: «Yangi paydo qilingan shartli reflekslarning ba’zilari keyincha
lik irsiyat yo'li bilan shartsiz reflekslarga aylanadi, deyish mumkin» (O'sha
asar, III tom, 1-kitob, 273-bet).
Bir vildan keyin — 1914-yilda, Pavlov yanada ko'proq ishonch bilan
bunday dedi: «Yangi paydo boMgan reflekslar birin-ketin bir qancha nasl-
larda hayot sharoiti birday saqlangan taqdirda, uzluksiz ravishda doimiy
reflekslarga aylanishi juda ham ehtimol (va bunga endi faktlar dalil bo'la
oladi). 0 ‘sha kitob, 281-bet.
l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, hayvonlar paydo bo‘lib ularda nerv sis
temasi vujudga kelishi bilanoq shartli reflekslar, ya’ni organizm bilan tashqi
muhit o'rtasidagi muvaqqat nerv bog'lanishlari vujudga kela boshlagan.
Biologik jihatdan nihoyatda muhim va organizmning hayotini saqlash
uchun zarur bo'lgan bu muvaqqat nerv bog'lanishlari bir qancha nasl-
lardan-nasllarga o'tib, takrorlanib, doimiy (shartsiz) bog'lanishlarga, ya’ni
instinktlarga aylangan. Hayvonlarda shartli reflekslar hosil bo'lish jarayo
nida nerv sistemasining o'zi ham o'zgargan va takomillashib borgan. Shun
day qilib, l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, yuksak nerv faoliyati hayvonlar
ning taraqqiyotida yetakchi rol o'ynaydi. Hayvonlar ko'nikmalar hosil
qilish tufayli, tashqi muhitning o'zgaruvchi sharoitiga chaqqonroq va yax-
shiroq moslashadigan bo'lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |