oyog'i yoki tumshug'i bilan ochadi, «o'yinga tushadi», keyingi oyoqlari
ehtiyojlarini qondiradi. Itning «o'yinga tushishi» yoki «oldingi oyog'ini
larning ko'nikmalari shartsiz reflekslar, instinktlar asosida, shuningdek.
ilgari hosil boMgan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Ko‘nikmalar
hayvonning biron ehtiyojini qondirishga yordam beradigan yangi (instinktiv
harakatlardan o‘zgacha) harakatlarni qayta-qayta takrorlash yo'li bilan
vujudga keladi. Shunday qilib, ko‘nikmaning nerv-fiziologik mexanizmi
shartli refleksdir. Ko‘nikma hosil qilish hayvonda shartli reflekslarning
birinchi yoki butun bir sistemasini hosil qilish demakdir. Yangi harakat
paydo qilish va uni mustahkamlab qolish awalo hayvon turgan sharoitga
bogMiq. Masalan, itga ovqat beriladigan idishni uyga olib kirib, uy eshi-
gini yopib qo‘yildi, deylik. It buni ko‘radi. It ovqatga ehtiyoj sezganda
eshikka yugurib boradi, uni oyogM yoki tumshugM bilan ochishga urinib,
ko'pgina poyma-poy harakatlar qiladi. Shu betartib harakatlar davomida
it eshikni oyogM yoki tumshugM bilan bexosdan ochib yuboradi. Bu ha
rakat bir necha marta takrorlanadi. Oyoq yoki tumshuqning o‘ng kelgan
harakatlari mustahkamlanib qoladi, natija bermaydigan foydasiz harakat
lar esa yo'qoladi, it keyinchalik eshikni oyogM yoki tumshugM bilan be-
malol ochadigan boMib qoladi. Hayvonda bama’ni harakatning yangi
ko'nikmasi, yangi usuli taxminan shunday vujudga keladi. Hayvonlarning
ko'nikmalari ota-onasidan «o'rganish» yoMi bilan ham hosil boMadi.
Masalan, bo‘rilar bolalarini ovga shunday «o‘rgatadi»: qari bo‘ri qilgan
harakatlarni yosh bo‘rilar takrorlaydi. Bu yerda «o'rganish» taqlid qilish
instinktiga asoslangandir.
Uy hayvonlarini odam «o'rgatganida» ular ko'p ko'nikma hosil qila
di. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko'nikmalar hosil qilishi
Dostları ilə paylaş: