Nasi qoldirish instinkti.
Bu instinkt jumladan, ota-onalik instinkti sifa
tida yaqqolroq ko'rinadi. Hayvonlar o'z bolalarini parvarish qilish tug'ma
mahoratiga ega bo'lib, u naslining kelajagi haqida katta g'amxo'rlik qiladi.
Hayvonlarning ba’zi bir turlari, xususan, hasharotlar, o'z avlodini ko'rmaydi,
ammo, bolalari o'sib mustaqil hayot kechira olishi uchun, ular tuxum
qo'yganda o'z nasliga qulay joy va ovqatni oldindan tayyorlab ketadi.
Ko'klamda yo'lda yoki yo'l yoqasida bir juft qo'ng'izning go'ngni
dumalata-dumalata yumaloqlab ketayotganini ko'rish mumkin. Bu yuma-
loqlangan go'ng qo'ng'izdan tarqaydigan nasi uchun turar joy va ovqat
bo'ladi. Qo'ng'izlar go'ngni ma’lum kattalikda yumaloqlaydi. Urg'ochi
qo'ng'iz shu yumaloqlangan go'ng ichiga tuxum qo'yadi, shundan keyin
uning og'zini berkitib, xavf-xatarsiz joyga dumalatib boradi. Yumaloq
langan go'ng ichidagi tuxumdan bir necha vaqtdan keyin qurt chiqadi.
Bu qurt go'ngdagi moddalar bilan oziqlanib o'sadi, qurt shu joyning o'zida
g'umbakka aylanadi, keyin bu g'umbak qo'ng'izga aylanadi. Yosh qo'ng'iz
yumaloq go'ng ichidan teshib chiqib, erkin hayot kechira boshlaydi. Shun
day qilib, qo'ng'iz o'zining g'amxo'r ota-onasini ko'rmaydi, ota-onasi
esa qo'ng'izni ko'rmaydi.
|