Палеолит даври



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə35/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#146169
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Ïàëåîëèò äàâðè

SHimoliy Toxariston hududida shahar shakliga ega bo‘lgan manzilgohlardan Termiz qadimdan turli yozma manbalarda Tarmita, Tami, Drmat,Tirmiz nomlari bilan tilga olingan shaharning O‘rta asrlar davri o‘rni hozirgi shaharning g‘arbiy qismida maydoni 10 gektardan iborat tepalikda saqlangan. Ilk O‘rta asrlar davri xitoy manbalarida keltirilishicha shaharning mudofaa devorlarining uzunligi 10 km.ni tashkil etib, unda 10 ta buddaviylik ibodatxonasi to‘g‘risida ma’lumotni keltiradi. SHahar topogarafiyasi to‘g‘risida Istaxriy, Muqaddasiy va boshqalar tomonidan umumiy ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. Ularning ma’lumotlarida ko‘xandiz, madina va rabod qismlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tiladi. Tadqiqot ishlari natijasida belgilangan maydoni 35 gektardan iborat birinchi uchastka madinaga aylantiriladi, rabod qismi maydoni 175-180 gektardan iborat ikkinchi uchastkada rivojlanadi. Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra buerda bozor va turli hunarmandchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik jihatdan mazkur uchastkada kulollar, shishasozlar va metallurglar ustaxonalarining o‘rni o‘rganilgan. Muqaddasiyning ma’lumotlariga ko‘ra shahar masjidi shahristonda joylashgan. 11 asrlarda shaharning g‘arbiy qismida atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan 190 gektar maydondagi boshqa bir rabod barpo qilinadi. Bu turdagi rabod qismida bog‘-rog‘, amaldorlar saroylari, hukmdorlar qasri joylashgan. U manbalarda keltirib o‘tilgan Surudikat qismi hisoblangan. Undan keyin shaharning umumiy maydoni 400-410 gektarni tashkil etiladi. SHahar mo‘g‘illargacha xiyla rivojlanadi. 1220 yili shahar mo‘g‘illar tomonidan vayron etilib, Amir Temur va Temuriylar davrida qal’a va savdo markazi sifatida rivojlanadi. Bu davrdagi shahar o‘rni Surxondaryoning quyi qismida rivojlanadi.
Xorazmda shahar shaklidagi manzilgohlardan Berkutqal’a, Kuyikqalg‘a va Tuqqal’a maydoni boshqalaridan ancha katta (35 ga). Ular mudofaa devorlari bilan o‘ralgan ikki qismdan iborat. Ark baland sahni ustiga qurilib, ma’umriy binolar joylashgan. SHahristonda imoratlarning o‘rni aniqlangan. Berkutqal’a arkida o‘ziga xos baland minorasimon imorat-donjon aniqlangan. U VI-VII asrlarga oiddir.
Toshkentning har ikkala vohasi (CHirchiq, Ohangaron) da ham shaharsozlik taraqqiyotining yuksalishi kuzatiladi. Toshkent shahrining o‘zagini Mingo‘rik o‘rnida shakllanadi. Mingo‘rik antik davrida shakllanib, ilk O‘rta asrlarda arki, shahrist qismlari ajralib, atrofi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Mudofaa devori burjlar bilan kuchaytirilgan. SHaxriston imoratlar bilan tig‘islashadi. Kulolchilik va temirchilik ishlab chiqarish rivojlanadi. SHahar VIII asrning birinchi yarmida arab bosqinchilariga qarshi kurash natijasida inqirozga uchraydi.
Umuman bu davr shaharlari asosan ark va shahriston -ismlaridan iborat bo‘lib, uchinchi rabot qismi (shahar tashqarisi) hli to‘liq shakllanmagan edi. Ular mustahkam mudofaa devorlari va xandaklar bilan o‘rab olingan. SHahar barvozalarida va tashqi devorlarda burjlar qurilgan. Burjlar yarim aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, ularda soqchilar uchun mo‘ljallangan maxsus xonalar joylashgan bo‘lgan.
Feodal munosabatlarining chuqurlashuvi natijasi qishloq me’morchiligida ham o‘z aksini topgan. Bu davrda oddiy qishloq dehqon qishloqlaridan tashqari boy zodagonlarga tegishli ko‘shklar, qo‘rg‘on va qo‘rg‘onchalar paydo bo‘ldi. Ularning atrofi mustahkam mudofaa devorlari va xandaklar bilan o‘ralgan. Devorlar mudofaa burjlariga ega. Boy dehqonlarga tegishli bir va bir necha qavatdan iborat imoratlar kambag‘al va qaram dehqonlarning oddiy uylari, hatto ularning ba’zilarida hunarmandlarning ustaxonalari joylashgan. Ularning muhtasham xonalari mazmunan boy bezaklar (ran-tasvir, haykalchalar, yog‘och o‘ymakorligi) bilan bezatilgan.
Ular asosan shaharlar atrofi gavjum bo‘lgan. YOzma manbalarda shaharlar atrofi yuzlab shunday ko‘shklar bo‘lganligi qayd etilgan. Arxeologik jihatdan O‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlarida aniqlangan. Hususan, Bolaliktepa, Kuyovqo‘rg‘on (Surxandaryo), Oqitepa (Toshkent) va boshqalar yaxshi o‘rganilgan.
Ilk O‘rta asrlarda asosiy qurilish materiallari tuproq bo‘lgan. U xom g‘isht, paxsa, blok sifatida ishlatilgan. Imoratlarning tomi tekis qilib yopilgan. YOg‘ochlardan tomini yopishda bolor, ustun va boshqa maqsadlarda ham foydalanilgan. Kichik xonali uy-joylar gumbaz shaklida yopilgan. Gumbaz shaklida yopilgan. Gumbaz shaklidagi uylarda asosan xom g‘ishtdan foydalanilgan. Pishgan g‘isht asosan uylarning sahniga to‘shashda foydalanilgan. Saroylar, mehmonxonalar va boshqa hashamatli xonalarni bezash usullaridan biri bu-yog‘och o‘ymakorligidir. Xonalarning ustunlari va ravlariga turli geometrik va o‘simliklar yoki ularning mevalarining shaklini o‘yib ishlash an’anasi ancha kuchaydi.
VIII asrdan boshlab arab bosqinchilari mahalliy me’morchilik an’analari izdan chiqaradi. Bu davrda arablar asosan harbiy qurilish inshoatlari, dastlabki machitlarni qurishga asosiy e’tiborni qaratadi. Ular mahalliy ustalar tomonidan mahalliy me’morchilik an’anasi asosida barpo etiladi.
O‘rta Osiyo aholisi orasida islomgacha bir necha din tarqalganligi manbalarda aniqlangan. Zardushtiylik dini an’analari bilan bog‘liq moddiy topilmalar O‘rta Osiyoning ko‘pgina joylarida aniqlangan. Ossuariy qabrlar yirik shahar markazlarida (Tanjakent, Varaxsha, Poykent, Kuyukqal’a) ham kichik manzilgohlarda ham aniqlangan. SHahar atrofida joylashgan qabristonlarda o‘rganilgan Ossuariylar Nouslarda saqlangan. Marxumlarning suyaklarini Ossuariylardan tashqari Xumlarga (Poykent) dafn qilish odati ham mavjud.
YOzma manbalarda Olov ibodatxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi. Olov ibodatxonalari saqlanib qolganligi ma’lum. Hususan, SHimoliy Toxaristonda muqaddas olov yonib turgan yirik sopol idish (Bolaliktepa, Hayrobodtepa, Kofirqal’a) lar topilgan.
Budda dinining mavqei SHimoliy Toxariston va Farg‘ona aholisi orasida yuqori bo‘lgan. YOzma manbalarda ulardagi shaharlarda bir necha ibodatxona va monostirlar qayd etiladi. Ulardan Tojikistnda Ajinatepa, Farg‘onadagi Quva manzilgohlarida joylashgan diniy inshoatlar diqqatga sazovardir.
Ajinatepa VII-VIII asrlarga oid monastr bo‘lib, kvadrat shakldagi ikki qismdan iborat. Ulardan bir bo‘lgan hovlining atrofini xonalar band etgan. Ayvon orqali dahmezlardan xonalarga kirilgan. Xonalar odatda budda xaykalchalari bilan bezatilgan. Hovli O‘rtasida stupa joylashgan.
CHilonzor Oqtepasida topib o‘rganilgan «Olov ibodatxonasi» muhim ahamiyatga egadir. U baland sahni ustiga paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan. Atrofida mustahkam mudofaa devori barpo qilinib, ularning burchaklarida burjlar bilan kuchaytirilgan. Burjlarda shinaklar mavjud. Bu erda bir necha xonalar aniqlangan. Xonalarning birida kul qoldig‘i uchraydi. Mazkur inshoot arablar bosqiniga qadar shoshliklarning shahar tashqarisidagi asosiy diniy-g‘oyaviy markazi hisoblangan.
O‘rta Osiyoning V-VIII asrlarga oid haykaltaroshligi bir necha manzilgohlardan (Kuyovqo‘rg‘on, Ajinatepa, Quva ibodatxonasi) topib o‘rganilgan haykallar va haykalchalarda o‘z aksini topgan. Bu davr haykaltaroshligi antik davrining an’anaviy davomi sifati rivojlanib, ularda bir necha xalqlar san’ati, ya’ni Eroniylar va ko‘chmanchilarning ta’sir yaqqol sezilsada, ularning asosiy qismi, xususan, jismoniy tuzilishini aks ettirishda mahalliy an’analar saqlanib qoladi. Ular bilan asosan hukmdorlarning saroylari, davlatmad kishilarning devorlarini bezashda keng foydalanilgan.
SHunday haykalchalar majmuasi Surxondaryodagi Kuyovqo‘rg‘on qasrida topib o‘rganilgan. U erdagi nufizli bir shaxs va uning yaqinlaridan bo‘lgan kishilar tasvirlay haykalchalar topilgan. Haykallarda o‘z davri dunyo qarashi aksini topgan bo‘lib, tashqi belgilariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Afrasiyob, Panjikent va boshqa joydan ham shoh, ayol, erkak, otliq va boshqalarning haykallari o‘rganilgan.
Bu davrda juda yirik haykallar ham paydo bo‘ladi. Hususan, Ajinatepa (balandligi 12 metr) va Quva (balandligi 8 metr) dan topilgan budda haykallari aniqlangan. Quva haykalining tepasida 8o sm keladigan dishkataning boshi tasvirlangan. (dishkata-Budda dinining jangovar himoyachisi). Bu haykallar antik davrida uchramaydi. Haykalllar tasvirida insonpravarlik qoyalaridan chekinish xiralashish va noaniqliklar ko‘zga tashlanadi.
Tasviriy san’at namunalari Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent, Bolaliktepa devoriy suratlarida o‘z aksini topgan. Bu suratlarda dunyoviy, diniy va afsonaviy syujetlar ajralib turadi. Ayniqsa, ularda yozma davr hayoti va mafkrasi o‘z aksini aniq topgan.
Afrosiyob devoriy sratlari o‘zining realligi bilan ajralib turadi. Undagi tasvirlar aniq kishilar (erkak, ayol) harakati, ko‘p hollarda fil yoki tuya ustida ketayotgani, ular bilan birgalikda qushlar aks ettirilgsn.
Panjikent va Varajsha tasvirlarida esa reallik bilan afsonaviylik mujassamlashganini ko‘rish mumkin. Bir necha otliqlar yoki fil mingan kishining afsonaviy mahluq yoki ajdarxo bilan ko‘rishayotganligi aks ettirilgan. Boshqa bir tasvirlar esa sig‘inish odatlari bilan bog‘liq.
Bolaliktepa devoriy suratlari dunyoviy mazmunda ishlanib, nufuzli kishilarning ba’zi marosimlari aks ettirilgan. U erdagi kishilar tik va o‘tirgan holda oldinda o‘tirganla esa qo‘lida qadaq ushlagan holda tasvirlangan. Ularning orqa tomonida xizmatkorla suratlari keltirilgan.
Umuman bu davrda yaratilgan mazmunan va mohiyatan boy san’at namunalari arab bosqinchilarining harbiy yurishlarida yo‘q qilinib yuboriladi. Ilk temir davrda hunarmandchilik hiyla rivojlanadi. Kulolchilik, shishisozlik, temirchilik va to‘qimachilik shahar markazlaridan tashqari qishloqlarda ham rivojlanganligi arxeologik jihatdan aniqlangan.
Idishlar asosan charxlarda, qisman qo‘lda yasalib, aylana shakldagi yirik humdonlarda pishirilgan. Bunday humdonlar Gyaurqal’a, Kofirqal’a, Erqo‘rg‘on kulolchilik mahallalaridan topib o‘rganilgan.
Idishlarning shakliga ko‘ra antik davri an’analar davom etsada, shimoliy qabilalarga hos qo‘sh baldoqli krujkalar va metal idishlarga taqlid qilib ishlangan. Sopol buyumlar ham keng tarqaladi.
Idishlarning sirti turli bo‘yoqlar bilan naqshlar berish, o‘yib chizish yoki yopishtirilgan bezaklar yordamida bezatilgan. Naqshlar geometrik shakllar, to‘lqinsimon chiziqlar, o‘simlik tasvirlari bo‘lsa, o‘yib chizilgan naqshlar esa oddiy to‘g‘ri yoki tumdinsimoln chiziqlardan iborat. YOpishtirilgan bezaklar ko‘p hollarda hayvonlar boshi yoki erkak kishining bosh qismi hamda yuz tuzilishidan iborat bo‘lib, idish bo‘g‘zidan pastroqda yopishtirilgan. Bunday bezakli idishlarda nuqtasimon va to‘g‘ri chiziqlardar iborat bezaklar ham mavjud.
Bu davrga kelib shishasozlik ham qaror topadi. Xitoy manbalarida Toxaristonliklar yuqori sifatli shisha buyumlari tayyorlaganliklari to‘g‘risida ma’lumolar saqlangan. Bu davrga oid kichik hajmdagi shisha buyumlari (flakonlar) va qisman xo‘jalik buyumlari etib kelgan. Ularning namunalari Panjikent, Bolaliktepa va Tojikistondagi Munchoqtepa yodgorliklaridan topib o‘rganilgan. VIII asrning oxirlaridan boshlab shishasozlik O‘rta Osiyoning barcha xududlarida keng tarqala boshlaydi.
SHuningdek, O‘rta Osiyoda temirchilik, to‘qimachilik, zargarlik keng rivojlanadi. Temirchilikda uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlari bilan birgalikda harbiy qurollar yasash asosiy mashg‘ulot hisoblangan. Mohlar zargarlar tomonida turli tuman buyumlar yasalgan.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə