Parallel dasturlash tushunchasining paydo bo’lish tarixi va unga sabab bo’lgan omillar



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə16/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#115566
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Parallel dasturlash tushunchasining paydo bo’lish tarixi va unga

Parallel algoritmlarning ishlab chiqish bosqichlari-Tizim arxitekturasini aniqlash, protsessorlarga kichik vazifalarni biriktirish, va ular ishlashini mutanosiblashtirish.

Tizim arxitekturasini aniqlash, protsessorlarga kichik vazifalarni biriktirish, va ular ishlashini mutanosiblashtirish.
Ta'kidlash joizki, protsessorlarga kichik vazifalarni biriktirishni boshqarish faqat tarqatilgan xotirali hisoblash tizimlari uchun mumkin; ko'p protsessorlar uchun (umumiy xotirali tizimlar) vazifalarni muvozanatlash odatda operatsion tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

  1. Vazifalar bajarilishini tezlashtirish usullari

Agar hisoblash vazifasida, ma'lumotlar parallelligi bo'lmasa, nu vazifani bir nechta mustaqil vazifalarga bo'lish mumkin bo’ladi. Har bir protsessor alohida vazifani bajaragan holda, vazifalarning parallelligi kuzatish mumkin bo’ladi. Vazifalar soni protsessorlar soniga ta'sir qiladi. Protsessorlarning bir xil yuklanishini ta'minlash va ular o'rtasida ma'lumotlar almashinuvini kamaytirish orqali vazifalar bajarilishini sezilarli tezlashuvga erishish mumkin..

  1. Parallel algoritm tezlanishi

bunda Tn – n ta prossesorda vazifaning bajarilish vaqti,
T1 - bir oqimli dasturning bajarilish vaqti
T(n)T(n)>T(1), agar algoritmning parallel versiyasini amalga oshirish xarajatlari ortiqcha bo'lsa.



  1. Parallel algoritmning samaradorligi

Tezlanish parallel algoritmning samaradorligi bilan bog'liq. Parallel algoritmning samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:

Agar algoritm maksimal tezlanishga erishsa (Sn=n), unda En=1.Amaliyotda prossesorlar sonining ortishi samaradorlikni kamaytiradi.
Ishlatilgan protsessorlar soni .
Parallel algoritm samaradorligini tahlil qilishda ishlatiladigan protsessorlar soni muhim omil hisoblanadi. Kompyuterlarni sotib olish, texnik xizmat ko'rsatish va ishga tushirish xarajatlari hisoblab chiqiladi. Muammoni hal qilish uchun algoritm qancha ko'p protsessor ishlatsa, natija shuncha qimmatga tushadi.Parallel algoritmning umumiy qiymati vaqt murakkabligi va o'sha algoritmda ishlatiladigan protsessorlar sonining hosilasidir.
Umumiy xarajatlar = vaqtning murakkabligi × ishlatilgan protsessorlar soni



  1. Amdal qonuni.

Amdal qonuni (1967), parallel yechimning eng yaxshi ketma-ket echimga nisbatan maksimal nazariy samaradorligini tavsiflaydi

bunda Sn – hisoblashlarni necha marta tezlashtirish mumkinligi (tezlanish), n – prossesor(yadro)lar soni, a – ketma-ket bajariladigan kod ulushi (a≠0).
Amdal qonuni, ko'p omillarni hisobga olmaganiga qaramay, parallel algoritmning maksimal erishiladigan samaradorligiga cheklovlar qo'yadi. Masalan, a=1\3, ya'ni algoritmdagi operatsiyalarning uchdan ikki qismi parallel bajarilishi mumkin, va uchdan biri bajarilmaydi. Unda tezlanish Sn<3ga teng bo’ladi. Shunday qilib, protsessorlar (yadrolar) sonidan qat'i nazar va barcha ma'lumotlarni tayyorlash xarajatlari inobatga olinmagan taqdirda ham, muammoni hal qilishni uch martadan ko'proq tezlashtirish mumkin emas bo’ladi.


  1. Yüklə 1,98 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə