Algoritmlash va dasturlash



Yüklə 65,53 Kb.
tarix18.01.2023
ölçüsü65,53 Kb.
#98759
Algoritmlash va dasturlash

Algoritmlash va dasturlash

Algoritmning vazifasi nimadan iborat hayotiy misol bilan tushuntiring? Algoritmning nechta turi bor va ular qaysilar?

Algoritmning vazifasi nimadan iborat

  • Hayoatimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma ket bajaramiz.
  • Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:
  • 1. non bo‘lagini kesib olish;
  • 2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
  • 3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.

Algoritmning turlari

  • Chiziqli algoritm — barcha koʻrsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlar.
  • Tarmoqlanuvchi algoritm — hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar boʻyicha davom ettiriladigan va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajariladigan jarayonlar.
  • Takrorlanuvchi algoritm — biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametralr har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlar.
  • Aralash (kombinatsiyalashgan) algoritm — tarkibida bir necha turdagi algoritmlar qatnashgan algoritmdir.

Yüklə 65,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə