11.2. Bo’lish stollari,bo’lish kallaklari.
Universal sozlanadigan bo’luvchi stollar 1 ta yoki bir nechta
zagotovkani Parmalash
dastgoxlarida frezalar komplekti bilan pozitsiyali ishlov berish uchun ishlatiladi. Zagotovka
stolni yuqoriga aylanadigan qismida joylashadi va o’rnatib maxkamlanadi. Bo’lish stollari
asosan qo’lda boshqariladi. SHuningdek stolni xarakatlanadigan
qismi burilish, fiksatsiya va
maxkamlash mexanizatsiyalashgan yuritma bilan amalga oshirilishi mumkin.
11.3-rasmda UPG – 4 universal bo’lish stoli umumiy ko’rinishi berilgan. Zagotovka 3
aylanadigan stolni maxsus almashinadigan naladka 2ga o’rnatilgan
stolni yuqori qismiga
o’rnatiladi va maxkamlanadi. Stol 1ga ishlov berish jarayonida aylanadigan zagotovka
o’rnatiladi. Aylana bo’yicha burilish 2,4,6,8 yoki 12 teng qismlarga bo’lingan bo’ladi.
11.3-rasm UPG – 4 universal bo’lish stoli umumiy ko’rinishi
Bo’lish kallaklari frezerlash dastgoxlarda ishlov beriladigan uncha katta bo’lmagan
detallar zagotovkalarini o’rnatish maxkamlash va davriy burish yoki uzluksiz alylantirish uchun
ishlatiladi. Bo’lish kallaklarini turli kontruktsiyalari mavjud. Bo’lish kallaklari asosan quyidagi
qismlardan iborat: tana, o’rnatadigan qism, bo’lish mexanizmi (fiksator)
va aylanadigan qismni
maxkamlash mexanizmi. Bo’lish kallaklari, bo’lish stollaridan farqli
ravishda zagotovkalar
bo’lish kallagini shpindelida, bo’lish
kallagini markazlarida, 3 kulachokli patronlarda,
tsangalarda o’rnatiladi va maxkamlanadi. Kallaklar vertikal yoki gorizontal shpindelli bo’lishi
mumkin.
Ko’plab bo’lish
kallaklarida burish, ishlovgacha aylanadigan qismni fiksatsiya qilish
va maxkamlash, so’ngra aylanadigan qismni bo’shatish, fiksatorni ishlovdan so’ng
chiqarish
qo’lda bajariladi. Ayrim bo’lish kallaklarida ba’zi ishchi tsikllari avtomatlashgan bo’lishi
mumkin.