Mashina detallari uchun zagotovka turlari va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
MARUZA - 9



MA‘RUZA № 9. 
MASHINA DETALLARI UCHUN ZAGOTOVKA TURLARI VA 
DETALLARGA ISHLOV BERISH QO‘SHIMLARI 
REJA: 
1. Zagotovka turlari 
2. Mashina detallariga mexanik ishlov berish qo‘shimlari 
3. Qo‘shim kattaligini aniqlash 
4. Qo‘shimni aniqlashning amaliy-statik usuli 
5. Hisoblash-analitik usuli 
6. Zagotovkani oraliq qatlamlarini va oxirgi o‘lchamlarini aniqlash 
7. Qo‘yimlarni jadval bo‘yicha hisoblash uslubi 
 
3.1.1-§. Zagotovka turlari 
Mashina detallari uchun zagotovka quyidagi ko‘rinishlardan iborat bo‘lishi 
mumkin: 
1) cho‘yan, po‘lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan quymalar; 
2) bolg‘alangan va shtamplangan zagotovka; 
3) po‘latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli 
metall prokatlari. 
Zagotovkaning turi uning materialiga, shakliga, detalning xizmat vazifasiga va 
mashinalarda yig‘ilgan holda ishlash shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Shakldor detallar ishlash jarayonida cho‘zilish va egilish ta‘sirida bo‘lmasa 
odatda cho‘yanlardan tayyorlanadi. 
Bolg‘alash yordamida egilishga, cho‘zilishga, buralishga ishlovchi va 
ko‘ndalang kesimi bo‘yicha o‘lchamlarida farq bo‘lgan metallarning zagotovkalari 
tayyorlanadi. Bolg‘alash bilan katta o‘lchamli detallar uchun donali va kichik seriyali 
ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa hollarda kichik detallar uchun zagotovka 
tayyorlanadi. 


Shtamplangan zagotovka shtamplash mashinalarida olinadi. Shtamplangan 
metallning strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shatmplangan zagotovkaning 
shakli detal shakliga juda yaqin bo‘lib, ayrim hollarda mexanik ishlov berilmaydi 
(detallarning ayrim yuzalari nazarda tutilmoqda). Bu o‘z navbatida metall sarfini 
kamaytiradi. Shtamplash jarayonining ish unumdorligi bolg‘alashga nisbatan ancha 
yuqori. Ishchining malakasi ham bolg‘alashdagiga nisbatan past bo‘lishi mumkin. 
Shtamplash seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘l keladi. 
Aylana, kvadrat, olti burchakli prokatlardan tayyorlangan zagotovka o‘z shakli 
bo‘yicha yuqoridagi ko‘rinishlarga yaqin bo‘lgan detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Qaysi turdagi zagotovkani tanlash uni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblab 
chiqilgandan so‘ng amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
3.1, 3.2, 3.3-rasmlarda quyma, shtamplangan va prokatdan tayyorlangan 
zagotovkalar aks ettirilgan. 
3.1-Rasm. Quyma ko‘rinishdagi cho‘yandan tayyorlangan vtulka zagotovkasi. 


3.2-rasm. Shtamplangan podshipniklarning ichki halqasini zagotovkasi. 
3.3-rasm. Prokatdan olingan vint zagotovkasi. 
3.1.2-§. Mashina detallariga mexanik ishlov berish qo‘shimlari 
Mashinasozlikda talab etilgan aniqlik va sifat ko‘rsatgichlariga javob beradigan 
detallarni tayyorlash zagotovkadan ma‘lum bir kattalikdagi metall qatlami - qo‘yimni 
kesuvchi asboblar yordamida kesib olib tashlash usullari yordamida amalga oshiriladi. 
Shunday qilib qo‘yim – bu zagotovkaga mexanik ishlov berish jarayonida talab 
etilgan o‘lchamlarni ularning og‘ishlari doirasida va yuza g‘adir-budirligini ta‘minlash 
maqsadida olib tashlandigan metall qatlami. 
Detal chizmasida ko‘rsatilgan o‘lchamlarini og‘ishlariga va yuza g‘adir-
budirligiga qo‘yilgan talab qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p marta mexanik ishlov 
berish (texnologik o‘tishlar) shart bo‘ladi. O‘z navbatida har bir texnologik o‘tish 
uchun qo‘yimlar miqdori hisoblanadi. Detal yuzasining talab etilgan tozaligini va 
aniqligini ta‘minlash maqsadida har bir texnologik o‘tishda olib tashlangan 


qo‘yimlarning yig‘indisi umumiy qo‘yim miqdorini tashkil qiladi. Qo‘yimlar miqdori 
analitik usulda va jadvallar yordamida aniqlanadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə