Mashina detallari uchun zagotovka turlari va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
MARUZA - 9

 


MA‘RUZA № 10. 
MASHINASOZLIKDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH 
ASOSLARI 
REJA: 
 
1. Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik iqtisodiy prinsiplari 
2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi va holatlari 
3. Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang‘ich berilganlar 
4. Ishlab chiqarish turini aniqlash 
5. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uslubi 
6. Texnologik jarayonlarni tasnifi 
7. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish
 
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarida ishlab chiqarishni unumli tashkil 
qilgan holda metall kesish dastgohlari, kesuvchi asboblar, moslamalarning texnologik 
imkoniyatlaridan to‘la foydalanilib, kam mehnat va vaqt sarflab mahsulotni minimal 
tannarxda tayyorlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
 
3.2.1-§. Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik iqtisodiy prinsiplari 
Texnologik jarayonlarni yaratish asosiga ikkita tamoyil qo‘yiladi: 
texnikaviy
 
va 
iqtisodiy
.
1.Texnikaviy tamoyilga asosan loyihalangan texnologik jarayon, mahsulot tayyorlash 
uchun ishchi chizmada ko‘rsatilgan barcha o‘lchamlar aniqligi, sifati va texnik talablarni 
to‘la ta‘minlashi kerak. 
2. Iqtisodiy tamoyilga asosan mahsulot tayyorlash uchun eng minimal mehnat 
sarflanishi va minimal to‘xtam bilan olib borilishi kerak.
Mahsulot tayyorlash texnologik 
jarayoni jihozlar, keskich asboblar va moslamalarning barcha texnik imkoniyatlaridan to‘g‘ri 
va to‘la foydalanilgan holda 
eng kam vaqt sarflab va eng kam tannarxda olib borilishi 
lozim. 
Bir necha turdagi texnologik jarayonlarning variantlari ichidan, hatto birgina shu 
mahsulotning o‘zi uchun ham texnik jihatidan teng imkoniyatliligidan, eng samarali va 


foydali varianti tanlab olinadi. Unumdorliklari teng bo‘lgan variantlardan foydalirog‘i tanlab 
olinadi. Agar, foydaliligi bir xilda bo‘lsa unumdorligi yuqorirog‘i tanlab olinadi. Har xil 
unumdorli variantlar bo‘lganda eng foydalilisi tanlab olinadi, agarda unumdorligi berilgan 
unumdorlikdan kam bo‘lmagan bo‘lsa. Loyihalanuvchi texnologik jarayonning samaralisini 
yoki foydalisini aniqlash, barcha elementlari bo‘yicha hisoblash orqali va ularni qo‘shish 
asosida olib boriladi, yoki yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlar uchun yirikroq 
me’yorlar yordamida hisoblab topiladi.
 
3.2.2-§. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi va hollari 
1. Texnologik jarayonlar yangi mashinalar loyihalanib, yangi zavodlar qurilgan 
sharoitlarda yaratiladi. 
2. Mavjud zavodlarni qayta qurishda yaratiladi. 
3. Ishlab turgan zavodlarda yangi ob’ektlar ishlab chiqilgan sharoitlarda yaratiladi. 
Ishlab turgan zavodlarda o‘zlashtirilgan mahsulotlarni chiqarishda texnologik 
jarayonlarga tuzatishlar kiritiladi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Yangi va qayta qurilgan 
zavodlar uchun yaratilgan texnologik jarayonlar barcha loyihaning asosini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqilgan texnologik jarayon kerakli jihozlarni, ishlab chiqarish maydonini, 
energetikani, transport vositalarini, ishchi kuchini, material aniqlaydi. Zavod ishlashining 
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi, ishlab chiqilgan texnologik jarayonning mukammallik 
darajasiga bog‘liq. 
Mavjud zavodlarda yangi obyektlar qo‘yilganda texnologik jarayon ishlab chiqishdan
avval bir qancha tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Buning asosida mavjud va 
kerakli bo‘lgan jihoz, asbob, transport, ishchi kuchi hamda jihoz vositalarning ishlatilish 
imkoniyatlari aniqlanadi. 
 
3.2.3-§. Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang‘ich berilganlar 
Texnologik jarayonlar yangi qurilgan zavodlar uchun yaratilsa, boshlang‘ich 
berilganlarga quyidagilar kiradi: 
- detalning ishchi chizmasi, uning materialini, konstruksiya, shakli va o‘lchamlarini 
aniqlovchi; 


- detalni tayyorlash uchun qo‘yilgan texnik talablari, bunga esa ishlov berish aniqligi, 
sifati (qattiqligi, strukturasi, termik ishlov berish, balansirlash, og‘irligi bo‘yicha
moslashtirish va jihoz shartlar) kiradi; 
- vazifa qilib berilgan dasturning miqdori (buyum yoki detallarning soni); 
- berilgan dasturdagi buyum va detallarni ishlab chiqarish muddati: yil, kvartal, oy va 
hafta (umumiy holda yil bilan ko‘rsatiladi).
Texnologik jarayon mavjud yoki qayta qurishi zavodlar uchun loyihalansa, zavodda 
mavjud bo‘lgan jihozlarning soni, maydoni va jihoz ishlab chiqarish sharoitlari to‘g‘risida 
ma‘lumotlarga ega bo‘lish kerak. 
Texnologik jarayon loyihalashda: GOST, ma‘lumotnoma, katalog va jihozlarning 
pasportlari; moslama va asboblar albomi; keskich, o‘lchagich asboblar uchun normallar
aniqlik, g‘adir-budurlik, qo‘shimlarni hisoblash, kesish rejimlarini hisoblash va texnik vaqtni 
aniqlash me’yorlari; tarifli-malakaviy ma‘lumotnoma va jihoz yordamchi, internet 
materiallaridan foydalaniladi. 
 
3.2.4-§. Ishlab chiqarish turini aniqlash 
Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish takti yoki amallar bog‘lanish koefftsienti hisoblab 
topilgandan keyin aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti (ba‘zi bir adabiyotlarda tempi) ni 
hisoblash formulasi quyidagicha: 
N
m
F
t
h
ich
/
)
60
(



, min/son. 
Bu yerda: 
h
F
- jihozlarning bir yillik bir smenalab ishlash haqiqiy vaqt fondi, soatda;
m
-smenalar soni;
N
-dastur bo‘yicha detallarning bir yillik soni. 
Agar takt miqdori, boshlang‘ich taxminiy o‘rnatilgan xarakterli amallar uchun ketgan 
o‘rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bo‘lsa ishlab chiqarishni ommaviy deb qabul qilinadi. 
Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam emas) natijasida amallarni ishchi 
joylarga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Amallarning uzayish vaqti yirik me’yorlar yordamida xarakterli amallar o‘lchamlari 
asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi. 
Agarda takt miqdori ko‘zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir qancha 
katta bo‘lsa, detallarni tayyorlash seriyali ishlab chiqarish tamoyili asosida olib borilishi 


kerak. Bu holda dastgohlarning kam yuklanganligi sababli, detallarga partiyalab ishlov berish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli, ishlov jarayonining 
uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot turi va jihoz tashkiliy hamda 
iqtisodiy fikrlarga ko‘ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy partiya miqdori belgilanadi. 
Yirik va murakkab detallar uchun partiya miqdori ikki haftalik rejaga, o‘rtachasi uchun 
bir oyga teng qilib olinishi mumkin. O‘rnatilgan partiyaning miqdoriga keyinchalik 
texnologik jarayonni batafsil ishlab chiqish asosida tuzatishlar kiritiladi. 
Agar detallarning yillik dasturi berilgan bo‘lsa, ularning massasi va soni bo‘yicha 3.2–
jadvalda berilganlar bilan qiyoslab, tegishli ishlab chiqarish turini ham aniqlash 
mumkin. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə