Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil



Yüklə 42,39 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü42,39 Kb.
#147738
  1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy tahlil Mustaqil ish Abdullayev Umid MMT 94k-2





TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


IQTISODIY TAHLIL
Mustaqil ish
Mavzu: Iqtisodiy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari.


Bajardi:
MMT-94k-2 guruh talabasi
Abdullayev Umid Yo‘ldosh o‘g‘li


Toshkent 2023
Mavzu: Iqtisodiy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari.
(2-VARIANT)
Reja:

  1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlilning mazmuni

  2. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti

  3. Iqtisodiy tahlil fanining vazifalari va maqsadi

  4. Iqtisodiy tahlil fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni va ular bilan bog‘liqligi.



Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy
tahlilning mazmuni

Bozor iqtisodiyoti - bozoming o‘ziga xos qonunlari, funksiyalari


va vazifalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlaming alohida shaklidir.
Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari, xususiyatlari amal qiladi.
Bozor subyektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mavjud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, faqobat, inqiroz va shu kabi tomonlarga moslashib, o‘z faoliyatini amalga oshirishi shart. Bu esa ulami mazkur sharoitda yashab qolish yoki rivojlanishini ta’minlaydi. Aks holda, ular o‘zlari oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmay bozor munosabatlarida o‘rinlarini yo‘qotadilar.
Demak, korxonalar bozordagi mavjud holatni va o‘zlaridagi ichki imkoniyatlami chuqur o‘rganmay turib faoliyatlarini amalga oshira olmaydilar yoki qo‘yilgan maqsadga erisha olmaydilar.
Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom ettirishidan oldin, dastawal uning va o‘zining barcha holat va imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy asosiga ega bo‘lgan faoliyat dasturi ishlab chiqiladi. Dasturga amal qilish esa mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Bozor munosabatlarini rivojlanib, tobora takomillashib borishi korxonalarda tahlil qilinadigan, o‘rganiladigan obyektlar sonini ham ko‘payitirib, murakkablashtirib bormoqda. Jumladan, bozordagi infrastruktura xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va boshqa hisob-kitoblar hamda moliyaviy munosa-batlargacha, qiymat yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari va shu kabilar ular uchun tahlil obyekti bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa,
2009-yildan boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi iqtisodiy tahlil ishlarida ham jiddiy kamchiliklar mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlami amalga oshirish zarurligini ko‘rsatib berdi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zgaruvchanlik tavsifiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatini har doim uzluksiz uning talablariga moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada marketing tadqiqotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni talab etadi. Demak, tashqi va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda korxonalar o‘z faoliyatini marketing yo‘nalishida olib borishga majbur. Natija esa, strategiya va taktikani hamda unga muvofiq keluvchi dasturlar va rejalarni ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat uchun ko‘llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo‘lishi bevosita iqtisodiy tahlil ishlari bilan bog‘langandir. Chunki, reja ko‘rsatkichlari bozordagi holat, o‘tgan yillar tajribasi, belgilangan me’yorlar, yetakchi korxonalar hamda ichki imkoniyatlar ahvolidan kelib chiqib belgilanadi.
Mazkur tadbir mulk egalari uchun o‘ta muhim hisoblanib, mablag‘lardan foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali yo‘nalishning har bir bosqichida amalga oshiriladigan xatti-harakat aniq belgilanib olinadi. Undan kutiladigan natijalar esa ilmiy asosda hisob-kitob qilinadi.
Demak, rejalashtirish ishlarining har bir elementi dastawal turli usullar bilan muqobillik asosda tahlil etiladi. Natijada esa, eng maqbul faoliyat deb tanlab olingan yo‘nalish uchun mablag‘lardan foydalanishda imkon qadar samarali chora-tadbirlar ilmiy asosda ishlab chiqiladi.Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira boshlaganida haqiqiy ma’lumotlar olinib uni reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib ko‘riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi, yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda qay darajada imkoniyatlar ko‘zda tutilgani o‘rganiladi.
Haqiqiy ma’lumotlar bevosita bozordagi holat bilan ham bog‘lanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va ulaming korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sirini tezkorlik bilan tahlil qilinadi. Shu asosda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Demak, bozor sharoitida iqtisodiy tahlil vositasida barcha jarayonlar aniq faktlar bilan analitik usulda tahlil qilinib, ulami sintez yo‘li bilan umumlashtirib tegishli qarorlar qabul qilinadi hamda korxona faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi. Albatta, iqtisodiy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy holatni o‘rganib uni ijobiy tomonga o‘zgartirish vazifasini bajaribgina qolmaydi, balki uning vositasida korxona faoliyati bilan qiziquvchi tashqi shaxslar uchun ham zarur bo‘lgan ma’lumotlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani moliyaviy holati hamda iqtisodiy imkoniyati to‘g‘risida ham to‘la tasawur hosil qilinadi. Natija esa, korxonaga ko‘plab hamkorlar jalb qilinish imkoniyati oshadi.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar - moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Ammo, ko‘pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqilliq hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi.
Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqamv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ко ‘ rsatkichlardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin:
1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.
Bunda iqtisodiy rayonlar, hududlar va butun iqtisodiyot tarmoqlarini tahlil qilish tushuniladi. Shuni aytish kerakki, iqtisodiyot tarmoqlarini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi. Holbuki, korxonalaming xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.
Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi:
• Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealami rivojlanishini, o‘zgarishini obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) ta’sir etuvchi omillar bilan umumiy bog‘liq holda o‘rganish;
• O‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalaming faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xojisona baho berish;
• Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillami aniqlash, raqamlarda ko‘rsatish va hisob lash;
• Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsata olish;
• Ilg‘or g‘oya va tajribalami o‘rganilayotgan jarayonga qoilash yo'nalishlarini belgilash.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga yoki aksincha o‘rganiladi, hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalarning iqtisodiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olib o‘rganadi.



Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə