Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Iqtisodiy tahlil fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni va ular bilan bog‘liqligi



Yüklə 42,39 Kb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü42,39 Kb.
#147738
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy tahlil Mustaqil ish Abdullayev Umid MMT 94k-2

Iqtisodiy tahlil fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni va ular bilan bog‘liqligi

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining boshqaruvdagi o‘mi ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar zamirida vujudga keldi va ko‘pgina fanlarga nisbatan yangidir. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlanmoqda.


Shunga qaramay, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy tahlil fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o‘zgardi. Rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari iqtisodiy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillami aniqlash, yuqoridan ko‘r-ko‘rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo‘ldi. Oldinlari korxonalaming xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va davlat nuqtai-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtai-nazaridan tahlil qilinadigan bo‘ldi. Biroq, barcha holda ham davlatning manfaati hisobga olinadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar
va munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ко‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlardagi obyektiv zarurat talabidan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi. Ya’ni, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir. Chunki, obyektlami iqtisodiy tahlil qilish umum iqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umum qabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umum iqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalaming mohiyati hamda mazmunini ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va atamalar farming usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasini oladigan bo‘lsak, umum iqtisodiy nazariya fanida ushbu kategoriyani mohiyati va mazmunni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqlanishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtisodiy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichini davrlar, ulaming tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.
Tabiat, jamiyat va tafakkumi rivojlanishi haqidagi falsafiy ta’limotlar ham tahlilda foydalaniladi, ya’ni umumiy rivojlanish, o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar.

Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə