Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Iqtisodiy tahlil fanining predmeti



Yüklə 42,39 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü42,39 Kb.
#147738
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy tahlil Mustaqil ish Abdullayev Umid MMT 94k-2

Iqtisodiy tahlil fanining predmeti
Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ulami boshqarish tizimiga bog‘liqdir. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma’lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.
Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta’minlash, modemizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘jalik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innavatsion g‘oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantmsh hamda shu asosda xalqimizning farovqnligmi yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalami muvaffaqiyatli bajarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiy tahlil jarayonida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rganadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil fani firma va korxonalaming iqtisodiy - ijtimoiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillami e’tiborga olgan holda o‘rganadi.
Fanning predmeti deyilganda, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob berishi lozim bo'ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo'lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma’noda tahlil qilinayotgan obyektning xo‘jalik faoliyati dir. Ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menejment» kabi fanlaming ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlaming u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Iqtisodiy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim.

Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ammo, bu jarayonlaming sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, obyektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statistika» kabi fanlar shug‘ullanadi. Shu jarayonlaming natijasi ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi.


«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tahlilning predmetiga quyidagicha ta’rif bergan: «Tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami ma’lumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir».
Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyidagicha ta’rif berishni lozim deb topdik.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb — turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashmalarda moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o ‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi».
Boshqacha aytganda tahlil obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlaming holati va haraktini hamda ulaming natijalarini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi.
Iqtisodiy tahlilning predmetida omillar asosiy o‘rinni egallaydi, chunki korxonalarning xo‘jalik faoliyatida yuzaga kelgan va kelayotgan hodisa va jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, ular qandaydir obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Obyektiv va subyektiv omillaming ta’sirmi boshqa fanlar o‘rganmaydi, faqat bulaming ta’siri iqtisodiy tahlilda o‘rganiladi, shuning uchun ham iqtisodiy tahlil fani predmetining negizida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar va ulaming ta’sirini o‘rganish bejiz qayd qilingan emas.
Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalaming xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ulaming yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ulami tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamada investitsiya faoliyati, soliq to'lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o'rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos va mos iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bu mustaqil yo‘l bilan hamma sohada, xususan, milliy hisoblar tizimida ham jahon andozalariga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida, mulk shaklidan qat’i nazar, tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo qiladi.
Obyektning va davming qanday bo‘lishidan qat’i nazar ushbu fan predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, obyekt esa tahlilning qaysi makonda o'tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning predmeti obyektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi.
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga korxona (firma), tashkilot va uyushmalaming oddiy xodimidan rahbar xodimigacha bo‘lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idorlarari xodimlari, auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari, mehnat birjasi xodimlari, atrofhi muhofaza qilish tashkiloti xodimlari, marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kabilar kiradi.



Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə