12 – Amaliy mashg’ulot
PARMALASH VA FREZALASH DASTGOXLARI MOSLAMALARI.
Parmalash dastgoxlari moslamalari
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar ishlab chiqarishda mashinani sifatiga
bo’lgan talablarning yuqoriligi uchun na faqat ko’plab ishlab chiqarishda balki mayda seriyali va
donalab ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar bilan bir qatorda konduktor plita va
vtulkasiz maxkamlash
moslamalari faska ochish, tsekovkalash, zenkerlash,
rezba ochish va
boshqa operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi.
Yuqori rejimlarda teshiklarga ishlov berishda ishlov beriladigan zogotovkani tez va
ishonchli maxkamlash talab etiladi shu sababli mexanizatsiyalashgan yuritmali konduktorli va
konduktorsiz parmalash dastgoxlari moslamalari ko’p ishlatilmoqda.
Parmalash dastgoxlari moslamalari ishlov berish jarayonida
zogotovkadarni holatiga
ko’ra qo’zg’almas (statsionar), buriladigan, suriladigan va qayiriladigan bo’lishi mumkin.
Ishlov jarayonida ishlov beriladigan zogotovka dastgoxda xarakatlanmasa bunday
moslama
qo’zg’almas parmalash moslamasi
deyiladi.
Buriladigan parmalash moslamalari
da ishlov beriladigan teshiklar detalni turli tamonida
yoki aylana bo’ylab joylashgan bo’ladi. Bunday moslamalar gorizontal,
vertikal yoki qiyshiq
aylanish o’qiga ega bo’lishi mumkin.
Qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalari maxsus va universal bo’lishi mumkin.
Maxsus qo’zg’almas parmalash moslamalari ko’p seriyali va ko’plab ishlab chiqarishda
o’lcham va ko’rinishi o’xshash bir yoki birnecha tipdagi detal zagotovkalaridagi teshiklarga
ishlov berish jarayonida qo’llaniladi.
Universal qo’zg’almas parmalash moslamalari mayda va o’rta seriyali ishlab
chiqarishda aloxida dastgoxda bir gurux detal zagotovkalaridagi
teshiklarga ishlov berish
jarayonida qo’llaniladi. Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalarida
almashitiriladigan sozlashni qo’llash bilan ishlov beriladigan turli o’lchamdagi detallar sonini
oshirish mumkin. Bunday moslamalarni qo’llash va ularni mexanizatsiyalash va avtomalashtirish
mexnat unumdorligini oshiradi va yangi mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt va sarf
xarajatlarni kamaytiradi.
Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalariga konduktor plitalari, skalkali
konduktorlar, avtomatlashtirilgan yuritmali turli patronlar kiradi.