Tiskilar 1 ta yoki 2 ta xarakatlanuvchi lablarga ega bo’lishi mumkin.
Tiskilarda vintli,
ekstsentrikli qo’lda maxkamlash va mexanizatsiyalashgan pnematik, gidravlik, pnevmogidravlik
maxkamlash mexanizmlari ishlatiladi. Xarakatlanuvchi labga ta’sir etuvchi maxkamlash
kuchini yo’nalishiga ko’ra tortuvchi va suruvchi bo’lishi mumkin.
11.1-rasm. Ikkita doimiy xarakatlanadigan labga ega bo’lgan universal o’zi
markazlaydigan tiski.
11.2-rasmda universal o’zi markazlaydigan ikkita doimiy xarakatlanadigan lab 1ga va
almashinadigan lablar (2 va 3) ga ega tiski ko’rsatilgan.
Bir tomonda o’ng rezbali va ikkinchi tomonda chap rezbali vint 4ni aylantirilganda tiski
lablari yaqinlashadi (zagotovka maxkamlanganda) va uzoqlashadi (zagotovka bo’shatilganda).
. Mashina tiski (iskanja)lari,
Quyida (11.2 rasm) qo’zg’almas (statsionar) universal moslama-pnevmatik tiski keltirilgan.
Ushbu tiski vertikal parmalash dastgoxlarida tsilinrik detallarni zagotovkalarini markazlash va
maxkamlash xamda teshiklarni parmalash va zenkerlash uchun qo’llaniladi.
11.2 rasm Universal qo’zg’almas (statsionar) moslama-pnevmatik tiski
Tiski tanasiga vintlar yordamida qopqog’i 6 bilan pnevmotsilindr maxkamlangan.
Pnevmotsilindr ichida porshen 7 va chap uchida ikkita pazli shtok 8 xarakatlanadi. Pazlarga uzun
yelkali G-simonrichaglar 3 paletslar 5 yordamida o’rnatilgan. Qisilgan havo pnevmotsilindrni A
bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 9 o’ngga xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q
4 atrofida buriladi va kalta yelkasi bilan almashinadigan lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazga
qarab suradi va zagotovka maxkamlanadi.
Qisilgan havo pnevmotsilindrni B bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 9
chapga
xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q 4 atrofida buriladi va kalta yelkasi bilan almashinadigan
lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazdan orqaga qarab suradi va zagotovka bo’shatiladi.
Dostları ilə paylaş: