13
zahiralari kо‘rinishida saqlanadi. Ushbu birinchi bitimni bankning balans hisobotida aks
ettiring.
b) bank talabga ega bо‘lgunga qadar 75 mln. sо‘m miqdorida depozit qabul qildi.
Ushbu bitimni bankning balans hisobotida aks ettiring.
v) Bank mijozga 15 mln. sum miqdorida naqd ssuda berdi. Ushbu bitim bankning
balans hisobotini qay tarzda о‘zgartiradi?
g) bankning boshqa mijozi 10 mln. sо‘m miqdorida ssuda
oladi va uni aynan shu
bankka chekli qо‘yilma sifatida qо‘yadi. Ushbu bitim bankning balans hisobotini qay
tarzda о‘zgartiradi?
d) 15 mln.sо‘m miqdorida ssuda olgan mijoz, 5 mln. sо‘mni naqd qaytaradi. Ushbu
bitim bankning balans hisobotini qay tarzda о‘zgartiradi?
72-masala
Tijorat banki 80 mln. sо‘mlik depozitlarni jalb qilishga erishdi. Shu davr ichida 20
mln. sо‘mlik kredit mijozlar tomonidan bankka qaytarildi va bank 70 mln. sо‘mlik yangi
kredit berdi. Davr ohiridagi ortiqcha rezervlar 114 mln. sо‘mni tashkil etdi.
Markaziy
bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash normasini aniqlang.
73-masala
Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash meyori 20 %
ga teng bо‘lsin. Bank tizimidagi depozitlar bankdan tashqaridagi naqd pullardan 4
martaga kо‘p. Majburiy zahiralarning umumiy miqdori 800 mlrd. sо‘m. Tijorat
banklarining ortiqcha rezervlari 200 mlrd. sо‘m. Iqtisodiyotdagi
pl taklifi hajmini
aniqlang.
74-masala
Markaziy bank ikkilamchi bozorda oldinroq davlat byudjeti taqchilligini
moliyalashtirish uchun chiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining 1/6 qismini
sotib oldi. Pul taklifi 210 mlrd. sо‘mga oshdi. Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan
depozitlarni majburiy zahiralash normasi 20 % ga teng. Bank tizimidan tashqaridagi naqd
pullar depozitlardan 5 martaga kam. Markaziy bank qancha miqdordagi obligatsiyalarni
sotib olgan? Emissiya qilingan obligatsiyalarning umumiy miqdori qancha?
75-masala
Tijorat banklarining resurs bazasini kengaytirish uchun Markaziy bank ulardan 16
mlrd. sо‘mlik davlat obligatsiyalarini sotib olishga qaror qildi.
Tijorat banklari
obligatsiyalarni sotishdan olingan mablag‘larning 10 % ini ortiqcha rezerv sifatida saqlab
turishga qaror qildi. Natijada, multiplikator
samarasi tasirida, pul massasi 90 mlrd.
sо‘mga kо‘paydi. Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash
normasini aniqlang.
76-masala
Agar Markaziy bank ochiq bozorda tijorat banklariga 20 mln. sо‘mlik davlat
obligatsiyalarini sotsa, majburiy zahiralash normasi 12,5 % bо‘lganda
pul taklifi
maksimal qanchaga qisqarishi mumkin?
14
77-masala
Markaziy bank siyosati pul taklifini 5%ga qisqarishiga olib keldi.
a) Bu siyosat AD egrida qanday aks etadi?
b) Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi va narx
darajasi qanday о‘zgaradi?
Dostları ilə paylaş: