Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
hayvonlarning siydigi it va yirtqich hayvonlar axlati, so‘lagi, tovuq, g‘oz hamda o‘rdak axlati.
inson
vujudidan chiqqan tahoratni buzuvchy (qon, maniy, maziy, vadiy kabi) narsalar najasi g‘aliza
hisoblanadi.
Ot va go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydigi hamda go‘shti yeyilmaydigan (lochin, kalxat)
qushlarning axlati kabilar najasi xafifa deyiladi.
Najasi g‘alizaning dirham miqdori quyuq najosatlarda 3,2 gr. va suyuq najosatlarda esa ochiq qo‘l
kaftining suv turadigan qismiga teng miqdor yoyilishidir. Najasi xafifa kiyim va badanning to‘rtdan
biridan oz miqdoriga yoyilsa, namozga mone emas. Igna uchi qadar mayda bo‘lgan
siydik
tomchisining ham zarari yo‘q.
Harom to‘shak yoki tuproqqa yotgan kishining terisi yoki oyog‘ining nami bilan ho‘l bo‘lib, oyoq yoki
badanda najosat asorati ko‘rinsa, badan va oyoq harom bo‘ladi. Aks holda harom bo‘lmaydi.
Siqilganida suv chiqmaydigan darajada nam bo‘lgan harom kiyimga o‘ralgan
pok va quruq kiyimlar
ham harom bo‘lmaydi.
Quruq, iflos joyga yoyilgan nam kiyimlar ham yer undan nam bo‘lib qolsada, nopok bo‘lmaydi. Najas
narsa ustidan esayotgan
shamol kiyimga tegsa ham, uni iflos qilmaydi. Faqat kiyimda biror asorati
qolsa, iflos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: