Uzbek Scholar Journal Volume- 09, Oct., 2022



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132965
  1   2   3   4


Uzbek Scholar Journal 
Volume- 09, Oct., 2022 
www.uzbekscholar.com 
148 | 
P a g e
 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISH 
USULLARI 
Моhigul Toshmurodova Boltayevna 
Jarqo'rg'on tumani 11-maktab 
Boshlang'ich sinf o`qituvchisi 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada
 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, darsda o‘qilgan 
asarni o‘quvchilar ongli tushunishi , asosiy mazmuni va g‘oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, 
taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalanish haqida so`z yuritiladi
 
 
KALIT SO`ZLAR: 
ma’nodor tushunchalar, miqdor va ko‘lam, texnik vositalar, ovoz tembri va kuchi
illyustratsiya metodlari
 
 
KIRISH 
Bugungi kunda yosh avlodning barkamol, yetuk, salohiyatli insonlar bo‘lib kamolga yetishi uchun ona 
tilining barcha boyliklaridan, uning imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Nutq – kishi faoliyatining turi, 
til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap ) asosida tafakkurni ishga solishdir . Nutq o‘zaro aloqa va xabar , 
o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan 
nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa 
nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay , uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning 
psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat 
tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar 
nutqini o‘stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash , joylashtirish 
va mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə