Uzbek Scholar Journal Volume- 09, Oct., 2022


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132965
1   2   3   4
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy 
ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim 
oladilar; ular kuzatishni , o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari haqida to‘g‘ri bayon qilishni 
o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni 
o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqi asosan ot, fe’l , sifat, son va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. 
6-7 yoshli bola o‘z jumlalarini murakkab grammatik tarkib asosida tuza oladi. 
Tajribadan ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra ma’nodor tushunchalarni birmuncha tez va 
mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida 
kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini uqib olish va to‘g‘ri idrok qilish darajasida
nutqning tuzilishi va grammatik qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va ko‘lam jihatdan 
fikr almashishga yetarli bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim metodikasida yozma nutq og‘zaki nutqdan faqat uni 
amalga oshirish texnikasiga ko‘ra farqlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchini o‘qish 
va yozishga o‘rgatish uchun uning yozma nutqini shakllantirish yetarlidir, degan fikrlar mavjud.
 


Uzbek Scholar Journal 
Volume- 09, Oct., 2022 
www.uzbekscholar.com 
149 | 
P a g e
 
NATIJA 
Og‘zaki nutqning o‘ziga xosligi nimada? Eng avvalo, og‘zaki nutq hamma vaqt so‘zlovchiga ma’lum 
ma’noda suhbatdosh bo‘lgan tinglovchilarga mo‘ljallanadi. Tinglovchilarning yuz-ko‘zida aks etgan 
hamdardlik, qiziqish yoki e’tiroz alomatlari orqali ularning so‘zlovchi nutqiga munosabatini bilish bu 
jonli aloqa so‘zlovchiga mazmunga o‘zgartirish kiritish, ovoz tembri va kuchini o‘ylab olish , bu 
o‘zgarishlar tinglovchilar munosabatiga qanday ta’sir etganini kuzatish imkonini beradi. Zamonaviy 
maktabda o‘qituvchining jonli nutqiga texnik vositalar yordamga keladi. Ular nutq ifodaligini oshiradi, 
hissiy ta’sirini kuchaytiradi. O‘qituvchi nutqi bu holda go‘yo birlashtiruvchi bo‘lib qoladi: u kinokadr, 
musiqa, foto ishlanma bilan birga idrok etiladi. O‘qituvchi so‘zi alohida tasviriy- ifodaviy sifatlarini ham 
aks ettiradi. Toki og‘zaki nutq uni idrok etish jarayonida zudlik bilan tushunishni talab qilar ekan, o‘ziga 
xos leksik-grammatik xususiyat ham kasb etadi. Og‘zaki nutq-yorqin , shaklan obrazli ,ichki emotsional 
nutq .Shu bois, u til vositalari va uslubiy xususiyatlar xilma-xilligi bilan farq qiladi. Yozma nutq manbai 
o‘quvchining sinf oldidagi jamoaviy tinglovchiga mo‘ljallangan og‘zaki javoblaridir. Biroq, boshlang‘ich 
sinflarda shevalarni keng qo‘llanishi natijasida talab darajasidagi ixtisoslashgan o‘quv og‘zaki nutq 
madaniyatiga erishish ancha mushkul. Yozma nutq og‘zaki nutqdan bir qadar shakllanganligi
so‘zlarning o‘ta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab 
shakllanganligi, og‘zaki nutq uchun xos bo‘lgan ohang, mimika va qo‘l harakatlarining bevosita qo‘llana 
olmasligi bilan farqlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, maktabda o‘qitishning dastlabki yillarida 
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi ularning yozma nutqiga nisbatan to‘laroq shakllangan bo‘lib, o‘qitish 
jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘qish va yozish o‘quvchilar uchun o‘rganishning maxsus shakli 
bo‘lib qoladi. Keyinchalik esa, ular o‘quvchilar uchun bilimlarni o‘zlashtirishda bir xil ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə