1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#152041
  1   2   3   4
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Milliy urf odatlar qadriyatlar (4)

Toshkent Gumanitar Fanlar Universiteti Mustaqil ish Iqtisodiyot Axborot kommunikatsion texnologiyalarva tizimlar Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha ) fakulteti 182-23 guruhi O’zbekistonning eng yangi tarixi Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Milliy urf odatlar qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi. Bajardi: Komilov Maxsudali Qabul qildi: Muminova V 2023 yil


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Milliy urf odatlar qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi
Reja: 1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot.
2. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb masalalardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni yetkazib berish vazifasi turar edi. Bu o‘z navbatida bir necha o‘n yillar e’tibordan chet qolib kelgan sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o‘zbek xalqining ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. O‘tgan yillar davomida ma’naviy sohada yuz bergan o‘zgarishlarning eng muhimi, xalqimiz tomonidan to‘plangan boy tarixiy-madaniy merosga e’tiborning kuchayishi bo‘ldi.


1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot.
  • O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb masalalardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni yetkazib berish vazifasi turar edi. Bu o‘z navbatida bir necha o‘n yillar e’tibordan chet qolib kelgan sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o‘zbek xalqining ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. O‘tgan yillar davomida ma’naviy sohada yuz bergan o‘zgarishlarning eng muhimi, xalqimiz tomonidan to‘plangan boy tarixiy-madaniy merosga e’tiborning kuchayishi bo‘ldi.

. O‘z Vatani, xalqi va millati tarixini bilmay haqiqiy ma’rifatli kishi bo‘lish mumkin emas.
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish negizida sodir bo‘ladi. 1991-yili Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Bu to‘yga respublikada katta tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari “Lison-ut tayr”, “Sab’ai sayyor”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Hayrat-ul Abror” singari shoh asarlari alohida-alohida holda bir necha ming nusxada nashr etildi. Navoiy haykali Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat bog‘ida o‘rnatildi va bog‘ A.Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb ataladigan bo‘ldi. Saylgoh siyosiy maydondan ma’naviyat va ma’rifat makoniga aylantirildi.
Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyo‘q allomalarimizning tavallud topgan sanalari YuNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi;
1998-yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi;
2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi.
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YuNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi.1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyo‘q alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ yaratildi va buyo‘q allomaga haykal o‘rnatildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18-dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998 -yil 24-oktyabr kuni esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi.
Mamlakat ma’naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994-yil 23- aprelda qabul qilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik Markazini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 2014 yilning 14-15 may kunlari Samarqand shahrida O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, mulohaza yuritish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berish maqsadida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiya mustaqillik tarixi davrida yorqin va o‘chmas iz qoldirdi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə