1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot


Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#152041
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Milliy urf odatlar qadriyatlar (4)

2. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar

  • Yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha qarashlarni, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi. Xalqning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo‘nalishga burib, kuchlarni uyg‘unlashtirish uchun yagona g‘oyaviy qurol zarur edi. Shunday paytda umummilliy va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo‘lni tanlash, buning uchun esa mustabid tuzumning mafkuraviy yakkahokimligiga barham bergan holda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-ehtiyojlarini ma’naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g‘oyani yaratish zarur edi. Sho‘rolar davri mafkurasi kishilar ongiga ijtimoiy tenglik, boqimandalik tushunchasini, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan mafkurani singdirib kelgan edi

Milliy g‘oya ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini ifoda etadi. U ma’naviyatimizning ajralmas qismi. Milliy g‘oya millat va davlat taraqqiyoti uchun ma’naviy asos, millat va davlat manfaatlari mushtarakligining o‘ziga xos ifodasidir. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy va axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib, o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Milliy g‘oya, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, tarixiy, badiiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo‘lida birlashtiruvchi g‘oyat qudratli ma’naviy omil hisoblanadi.
Milliy g‘oya – millat tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o‘zagidir. Milliy g‘oya- millat taqdiri, milliy va ma’naviy qadriyatdir. Insonning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, milliy g‘ururi – milliy, ma’naviy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq. Ular har bir kishining tili, tarixi, dini, adabiyoti, san’ati, rasm-rusmlari, urf-odatlari, bayramu-sayllari, bir so‘z bilan aytganda, madaniy-ma’naviy merosi, insoniy fazilatlari, xislatlarining yig‘indisidir. Milliy, ma’naviy qadriyatlar o‘sha millatga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlarni milliy-madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko‘rsatkichdir. Milliy, ma’naviy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. O‘tmishdagi bobolarimiz qoldirgan meros, madaniy boyliklar, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni o‘rganish, ular zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarini hurmat qilishni ta’minlash milliy g‘oyaning amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo‘lishi uchun asoslar yaratadi. Milliy g‘oyaning kuchi kelajakni yaratish yo‘llarini kishilarga ko‘rsatib berish, ular qalbida porloq kelajakka umid uyg‘otish va shu tariqa, hammani umumiy, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning sub’ektiga aylantirishdadir.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə