Axborotlashgan jamiyatda o’zlikni anglash va saqlab qolishda milliy g’oyaning o’rni va ahamiyati



Yüklə 12,57 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü12,57 Kb.
#107622
Ahmad taqriz


Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisod fakulteti talabasi Sadriddinov Ahmadning “Axborotlashgan jamiyatda o’zlikni anglash va saqlab qolishda milliy g’oyaning o’rni va ahamiyati mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ
Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umidlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchani mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz.
Milliy g‘oyani o‘rganishning ob’ektiv zarurligi uning mazmun-mohiyatini, asosiy tushuncha va tamoyillarini nazariy-metodologik asoslarini keng jamoatchilikka etkazish, tushuntirishdan iborat. Ma’lumki, milliy g‘oya shakllanadi va shakllantiriladi.
Kurs ishi kirish, asosiy qism ikki bobdan, har bir bob ikki bo’limdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kirish qismida hozirgi globallashuv zamonida milliy g’oya va mafkuralar haqida so’z borib, bularga davlatimiz arboblarining qisqacha iqtiboslari keltirilgan.
1-bob Axborotlashuv davrida milliy g’oyani asrash va uning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida so’z boradi.
2-bob Bu bobda o’zlikni anglashning bir necha shakllari hamda milliy g’oyaning taraqqiyot omili ekanligi ko’rsatilgan.
Kurs ishining xulosa qismida yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish,ularning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish va dunyoqarashini oshrish haqida fikr yuritilib, bunga ko’maklashadigan omillar sanab o’tilgan.


_______________ Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o’qituvchisi
Yüklə 12,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə