Uzbek Scholar Journal Volume- 09, Oct., 2022



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132965
1   2   3   4
 
MUHOKAMA 
Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmuni va g‘oyasini anglab yetishi uchun 
analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalaniladi. O‘qilgan asarni analiz 
qilishning har xil usullari mavjud. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytib o‘qituvchi 
rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o‘quvchilar har xil tartibda aytishlari 
mumkin, ammo o‘qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so‘raydi. Natijada hikoyaning 
chizmasi tuziladi. O‘qituvchi bergan savollar yordamida asarning mazmuni aniqlanadi. Asar mazmuni 
bilan birinchi tanishish o‘quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini tahlil 
qilishni talab etadi. O‘qish bilan bog‘liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta – sekin 
murakkablasha boradi. Ko‘rgazmali idrok katta imkoniyatlarga ega . Eslab qolishda ko‘rgazmalilikning 
o‘zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan biriktirilishi yuqori samaradorlikka olib keladi. 
Ta’limning ko‘rgazmali metodlarini ikki guruhga: illyustratsiya metodlari va namoyish qilish 
metodlariga ajratish mumkin. Darslardagi ko‘rgazma vositalari, tarqatma materiallar o‘quvchilarning 
fikrlash faoliyatini, nutqiy muomlasini oshiradi. Orfografik ko‘nikmalar o‘quvchilarda asta- sekin 
shakllanib boradi. O‘quvchilar qoidalarni turli xil mashg‘ulotlar: ko‘chirib yozish, mashq ishlash
grammatik va orfogragik tahlillar orqali o‘zlashtirib oladi. Ushbu qoidalarni o‘zlashtirishda bolalarning 
ixtiyoriy diqqatini bir nuqtaga to‘plash talab qilinadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘yinlarni 
yaxshi ko‘rish bilan birga o‘yin orqali ba’zi orfografik qoidalarni juda tez o‘zlashtirib, uni uzoq vaqt esda 
saqlab qoladi.


Uzbek Scholar Journal 
Volume- 09, Oct., 2022 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə