32
belgilangan me’yor(limit)dan ortiqcha bo’lsa keyingi moliya yilida byudjet
mablag’lari bo’yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan
summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar
o’rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko’rsatkichlar “O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalari” (O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro’yxatga
olingan)da keltirilgan
06 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar” schyotida qurilish materiallari, oziq-
ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bog’lash
vositalari, yonilg’i,
yoqilg’i-moylash materiallari, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish
ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag’lar hisobiga sotib olingan,
ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa
tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi.
06 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar” schyoti hisobda quyidagi
subschyotlarga bo’lingan holda aks ettiriladi:
060 “Qurilish materiallari”;
061 “Oziq-ovqat mahsulotlari”;
062 “Dori-darmonlar va yarani bog’lash vositalari”;
063 “Inventar va xo’jalik jihozlari”;
064 “Yonilg’i, yoqilg’i - moylash materiallari”;
69
Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari”;
069 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar”.
060 “Qurilish materiallari” subschyotida qurilish va montaj ishlari
jarayonida foydalaniladigan qurilish materiallari hisobga olinadi.
Tovar-moddiy zahiralar kirimi buxgalteriya
hisobida alohida aks
ettriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga
kirim qilinadi:
-etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo’yicha xarid qilish;
-beg’araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
-uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish;
-ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
-tashkilotning o’zida tayyorlanishi;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan va ularning
tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
-bojxona bojlari va yig’imlari;
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan soliq va
boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
-tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va
vositachi tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik haqi;
-tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy
zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan texnik shartlarga muvofiq sinash
bo’yicha xarajatlar;
-tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki
33
foydalanish joyiga etkazib berish bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari.
Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy
zaxiralarni barcha
turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish
uchun tariflar (fraxt)ni to’lash bo’yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy
zaxiralarni tashishda xatarlarni sug’urtalash bo’yicha xarajatlardan tashkil
topadi;
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan
boshqa xarajatlar.
Byudjet tashkilotlarida tovar-moddiy zahiralarni hisobdan chiqarish
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar
tashkilotning balansidan:
- sotish;
- beg’araz berish;
- saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va
ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo’q qilish);
- kamomad, yo’qotish yoki shikastlanish (sinish, bo’linish)
aniqlanishi;
- boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zahiralar ular sotib olingan bahoda (etkazib
berish va
boshqa qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil
narxlarda sotib olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda hisobdan o’chiriladi.
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan
me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan
tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi
lozim.
Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar
bo’yicha amalga oshiriladi. Ma’lumki byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos
xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab
chiqarish va ularni sotish
imkoniyatiga ega. Byudjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni
qonunchilik asosida amalga oshriladi.
Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan
olingan mablag’lar byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar
bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida
jamlanadi va byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli byudjet daromadiga;
50 foizi - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar
bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida
qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan byudjet tashkilotlari
ixtiyorida qoldiriladigan mablag’lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq
moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo’naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: