O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Byudjet hisobi

10-Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi 
Reja: 
1
Byudjet 
tashkilotlarida 
tovar 
moddiy 
zaxiralarning 
tarkibi, 
tayinlanishi va hisobining vazifalari.
2
Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda 
xisobdan chiqarilishi hisobi.
3
Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni 
tayinlanishi.
4
Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni 
tashkil etish.
5
Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha limitlarni aniqlash tartibi. 
Tovar moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi hisobi. 
Tovar-moddiy zaxiralar
- keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat 
yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud 
bo’lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki 
xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy 
vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. 
Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq 
bo’lmagan yoki bir operatsion tsikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, 
jumladan, qurilish – ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg’i 
va yonilg’ilar, ozuqa va em-hashak, tara (idish)lar, qishloq xo’jalik 
mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o’stiruvdagi va boquvdagi chorva 
mollari, o’quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda 
laboratoriya sinovida bo’lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar
shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-
uskunalar va boshqalar qiradi.
Tovar – moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga 
quyidagi vazifalar qo’yiladi: 
1.
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy 
zahiralar tarkibida aks ettirish;
2.
Tovar-moddiy zahiralarni kelib tushishi, ularni tashkilot hisobidan 
chiqarilishi shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat 
qilish; 
3.
Zahiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish; 
4.
Belgilangan 
tartibda 
realizatsiya 
qilinishi 
lozim 
bo’lgan, 
foydalanilmaydigan materiallarni o’z vaqtida aniqlash; 
5.
Tovar-moddiy zahiralar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish 
hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash; 
6.
Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini
aks ettirish;
7.
Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq 
buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Byudjet tashkilotlarida materiallar bo’yicha moliya yili oxiriga bo’lgan 
qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar byudjet 
tashkilotini moliya yili oxirida bo’lgan materiallar bo’yicha qoldiq qiymati 


32 
belgilangan me’yor(limit)dan ortiqcha bo’lsa keyingi moliya yilida byudjet 
mablag’lari bo’yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan 
summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar 
o’rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko’rsatkichlar “O’zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalari” (O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro’yxatga 
olingan)da keltirilgan
06 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar” schyotida qurilish materiallari, oziq-
ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bog’lash vositalari, yonilg’i, 
yoqilg’i-moylash materiallari, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish 
ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag’lar hisobiga sotib olingan, 
ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa 
tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi.
06 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar” schyoti hisobda quyidagi 
subschyotlarga bo’lingan holda aks ettiriladi: 
060 “Qurilish materiallari”; 
061 “Oziq-ovqat mahsulotlari”; 
062 “Dori-darmonlar va yarani bog’lash vositalari”; 
063 “Inventar va xo’jalik jihozlari”; 
064 “Yonilg’i, yoqilg’i - moylash materiallari”; 
69
Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari”; 
069 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar”. 
060 “Qurilish materiallari” subschyotida qurilish va montaj ishlari 
jarayonida foydalaniladigan qurilish materiallari hisobga olinadi. 
Tovar-moddiy zahiralar kirimi buxgalteriya hisobida alohida aks 
ettriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga 
kirim qilinadi: 
-etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo’yicha xarid qilish; 
-beg’araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha); 
-uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish; 
-ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash; 
-tashkilotning o’zida tayyorlanishi; 
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan va ularning 
tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
-bojxona bojlari va yig’imlari; 
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan soliq va 
boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
-tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va 
vositachi tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik haqi; 
-tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy 
zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan texnik shartlarga muvofiq sinash 
bo’yicha xarajatlar; 
-tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki 


33 
foydalanish joyiga etkazib berish bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari. 
Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha 
turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish 
uchun tariflar (fraxt)ni to’lash bo’yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy 
zaxiralarni tashishda xatarlarni sug’urtalash bo’yicha xarajatlardan tashkil 
topadi; 
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
boshqa xarajatlar. 
Byudjet tashkilotlarida tovar-moddiy zahiralarni hisobdan chiqarish
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar 
tashkilotning balansidan:
- sotish; 
- beg’araz berish; 
- saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va 
ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo’q qilish); 
- kamomad, yo’qotish yoki shikastlanish (sinish, bo’linish) 
aniqlanishi; 
- boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi. 
Tovar-moddiy zahiralar ular sotib olingan bahoda (etkazib berish va 
boshqa qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil 
narxlarda sotib olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda hisobdan o’chiriladi. 
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan 
me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan 
tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi 
lozim. 
Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar 
bo’yicha amalga oshiriladi. Ma’lumki byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos 
xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish 
imkoniyatiga ega. Byudjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni 
qonunchilik asosida amalga oshriladi.
Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan 
olingan mablag’lar byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar 
bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida 
jamlanadi va byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi: 
50 foizi - tegishli byudjet daromadiga; 
50 foizi - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar 
bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida 
qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan byudjet tashkilotlari 
ixtiyorida qoldiriladigan mablag’lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq 
moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo’naltiriladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə