O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu. Byudjet ijrosi natijalari hisobi va hisobotlari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Byudjet hisobi

Mavzu. Byudjet ijrosi natijalari hisobi va hisobotlari. 
Reja: 
1.
 
G’aznachilik bo’linmalarida davlat byudjeti ijrosi natijalarin aniqlash 
tartibi; 
2.
 
Davlat byudjeti ijrosi natijalari hisobini hisob registrlarida aks ettirish; 
3.
 
Davlat byudjeti ijrosi natijalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish; 
4.
 
Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar tarkibi va ularni tuzishni 
xususiyatlari; 
5.
 
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bo’yicha hisobotlarni 
tuzish. 
Byudjet yilning oxirida, yillik hisobot tuzilishidan oldin moliya 
organining buxgalteriyasi har bir balans hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarning 
hakqoniyligini, byudjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblar va byudjetlar 
o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarning holatini tekshiradi. Boshqa byudjetlar 
bilan o’zaro hisob-kitoblar va olingan va berilgan ssudalar bo’yicha hisob-
kitoblar yil ohirigacha, qo’shimcha davrdagi operatsiyalarni qo’shib 
hisoblaganda 
tugatilishi 
lozim, 
yangi 
yil 
boshiga 
hisob-kitoblar 
hisobvaraqlarida qoldiqlar bo’lmasligi kerak. Yil yakuni bo’yicha byudjetlar 
ijrosi bilan bog’liq buxgalteriya operatsiyalari yopish bo’yicha yakunlash 
operatsiyalari amalga oshiriladi 
Moliya yili yakuni bo’yicha byudjet ijrosi natijalarini aniqlash 
jarayonida buxgalteriya ma’lumotnomalari rasmiylashtirilib memorial 
orderlarga buxgalteriya yozuvlari berilib o’tkaziladi. Memorial orderdagi 
yozuvlar Bosh-jurnal kitobiga o’tkaziladi. 
Moliya organlarida byudjet ijrosi natijalari hisobi 09 "Natijalar" nomli 
hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni 
090 
Byudjet ijrosining natijalari 
091 
Respublika byudjeti oldidagi mahalliy byudjetlarning byudjet 
ssudalari bo’yicha qarzdorligi 
092 
Respublika byudjetining(ga) mahalliy byudjetlarga (ning) 
o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzdorligi 
093 
Yuqori mahalliy byudjetlarga quyi mahalliy byudjetlarining 
byudjet ssudalari bo’yicha qarzdorligi 
094 
Quyi byudjetning(ga) yuqori byudjetga(ning) o’zaro hisob-
kitoblar bo’yicha qarzdorligi 
095 
Davlatning tashqi qarzi bo’yicha mablag’lar tushumi va 
ishlatilishi natijasi 
096 
Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalar byudjeti ijrosining natijalari 
097 
Bojxona organlari depozit schyotiga mablag’lar tushumi va 
sarflanishi ijrosi natijalari 
098 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi 
va sarflanishi ijrosi natijalari 
099 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari va 
boshqa mablag’lar tushumi va sarflanishi ijrosi natijalari 


18 
''Byudjet 
ijrosining 
natijalari" 
nomli 
090-sonli 
hisobvaraq 
byudjetlarning ijro etish natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan. Natijalar 
yilning ohirida 090-sonli hisobvaraqning kreditiga "Byudjet daromadlari" 
nomli 040-sonli hisobvaraqdagi qoldiqlarni va "Respublika byudjetidan 
olingan va berilgan mablag’lar" nomli 071-sonli, "Mahalliy byudjetlardan 
olingan va berilgan mablag’lar" nomli 072-sonli hisobvaraqning kredit 
aylanmalarini, 090-sonli hisobvaraqning debetida esa - "Byudjet xarajatlari" 
nomli 020-sonli hisobvaraqning qoldig’ini va 071-sonli va 072-sonli 
hisobvaraqlar bo’yicha debet aylanmalarni hisobdan chiqarish yo’li bilan 
aniqlanadi. 
090-sonli hisobvaraq bo’yicha olingan kredit qoldig’i byudjetning ijro 
etilishi natijasi bo’ladi. 
G’aznachilik bo’linmalari, moliya organlaridan olingan hujjatlar asosida 
ushbu mablag’larni 090-sonli hisobvaraqdan “Byudjetlar ijrosi natijalari” 
040-sonli hisobvarag’iga “Byudjetlar daromadlari” kreditiga ularni tegishli 
hisob registrlarida aks ettirgan holda, mazkur chorakka tegishli miqdorlarda
hisobdan chiqarish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiradi. 
Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi 
yakun bo’yicha tuzadi. 
Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar; 
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi 
bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi; 
5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari 
rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;
6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida 
ma’lumot. 
Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari 
tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham 
taqdim etadi: 
1.
Balans; 
2.
Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot; 
3.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot; 
4.
Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari xarakati 
to’g’risida hisobot; 
5.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi pul mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot; 
6.
Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot; 
7.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot. 
Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar 
bilan bir xil bo’ladi. 


19 
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Daromadlar qismida 
byudjet tasnifi bo’yicha rejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni 
bajarilishi aks ettiriladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Xarajatlar qismida 
byudjet tasnifi xarajatlar bo’yicha aniqlangan reja, moliyalashtirilgan hamda 
bajarilgan kassa xarajati, haqiqiy xarajat summalari aks ettiriladi. Shuningdek 
bu hisobotda qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar 
summalari aks ettiriladi. 
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning O’zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va xaqiqiy 
xarajatlarning taqsimlanishi qismida xarajatlarning turlari bo’yicha, aniqlangan, 
moliyalashtirilgan hamda bajarilgan xarajatlar kassa xarajati, haqiqiy xarajatlar, 
qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar summalari aks 
ettiriladi. Shuningdek, o’rtacha miqdorda yillik reja va bajarilishi aks 
ettiriladi.Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Maqsadli mablag’lar 
hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumotda byudjet tasnifi 
bo’yicha rezerv fondi mablag’lari sarflanishi va mablag’lar qoldig’i aks 
ettiriladi. 
Moliya organlari tomonidan tuziladigan Respublika byudjeti va mahalliy 
byudjetlar ijrosi to’g’risida yillik buxgalteriya hisobotlari tarkibiga quyidagilar 
kiradi: 
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar; 
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet 
tasnifi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi; 
5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va 
kontingentlari rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;
6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida 
ma’lumot. 
Moliya organlari yillik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari 
tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham 
taqdim etadi: 
1.
Balans; 
2.
Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot; 
3.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot; 
4.
Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari xarakati 
to’g’risida hisobot; 
5.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi pul mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot; 
6.
Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot; 
7.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot. 
8.Joriy yilning moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot; 
9.Nomoliyaviy aktivlarni xarakati to’g’risida ma’lumot. 


20 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə