O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu. G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari hisobi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Byudjet hisobi

Mavzu. G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari hisobi. 
Reja: 
1.
 
G’aznachilik bo’limlarida byudjet daromalari hisobini tashkil 
etishning maqsadi vazifalari hamda hususiyatlari; 
2.
 
Byudjet daromadlari hisobini yuritishda byudjet tasnifining o’rni va 
axamiyati; 
3.
 
Byudjet daromadlari hisobini buxgalteriya hujjatlari hamda hisob 
registrlarida aks ettirish; 
4.
 
Byudjet 
daromadlari 
hisobini 
buxgalteriya 
yozuvlarida 
rasmiylashtirish. 
“Byudjet tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga asosan 
quyidagi manbaalar hisobiga shakllantiriladi: 
A) Respublika byudjeti daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi 
umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; 
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy 
va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan 
olingan daromadlar; 
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha 
davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan 
kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to’lovlar; 
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga 
shakllantiriladi. 
B) Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 
daromadlari: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy 
soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar; 
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat 
soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; 
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki 
ob’ektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha 
davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 
5) yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari, byudjet 
subventsiyalari va byudjet ssudalari; 
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga 
shakllantiriladi. 



Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar, 
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari, bojxona 
organlarining g’azna depozit hisobvarag’iga tushadigan mablag’lar bo’yicha 
daromadlar manbaalari qonunchilikda belgilangan. 
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning 
byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari, bojxona organlari g’azna depozit 
schyoti daromadlari kassa ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi.
G’aznachilik bo’limlarida byudjet daromadlari hisobini yuritishning 
maqsadi foydalanuvchilarga byudjet daromadlariga oid buxgalteriya 
axborotlarini shakllantirib berishdan iborat. 
Byudjet daromadlari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
Byudjet daromadlari hisobini amaldagi qonunchilik xujjatlariga mos xolda 
shakllantirish; 
-
Byudjet daromadlari hisobini o’z vaqtida buxgalteriya xujjatlari hamda 
hisob registrlarida aks ettirish; 
-
Byudjet daromadlari hisobini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish; 
-
Byudjet daromadlariga oid hisobotlarni shakllantirish. 
G’aznachilik bo’limlarida byudjet daromadlari hisobni tashkil etilishining 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1.
Byudjet daromadlarining byudjet tasnifiga tushirilgan xolda hisobda aks 
ettirilishi; 
2.
Davlat byudjeti daromadlari buxgalteriya hisobining kassa usulida aks 
ettirilishi, ya’ni hisobvaraqga mablag’ kelib tushgan vaqtda daromad 
sifatida tan olinishi; 
3.
Aniqlanmagan tushumlar hisobini yuritilishi; 
4.
Ortiqcha byudjet daromadiga o’tkazilgan mablag’lar g’aznachilik 
bo’limlari tomonidan qaytarilishi aks ettirilmasligi; 
5.
Daromadlar hisobni qatiy qonunchilik asosida tashkil etilishi va 
yuritilishi
Byudjet tasnifi Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar 
daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish 
manbalarini guruhlashdan iboratdir.
Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda 
ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun 
foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan 
shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. 
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar 
daromadlari, davlat maqsadli jamg’armalari hamda byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan 
iborat. Ya’ni, 
daromadlar tasnifi yordamida Davlat byudjetiga kelib tushayotgan barcha 
ko’rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib 


10 
tushayotganligi 
va 
respublikamizning 
qaysi 
hududlaridan 
kelib 
tushayotganligi to’g’risida etarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin. 
Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli 
ko’rinishga ega: 
o
mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi; 
o
daromadlar turi;
o
tashkiliy tasnif 
o
hududiy tasnif. 
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida
byudjet daromadlari hisobi 04 "Daromadlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. 
Ya’ni: 
040 
Byudjet daromadlari 
041 
Aniqlanmagan tushumlar 
042 
DMJ va byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari 
043 
Yuqori byudjetning prognoz ko’rsatkichlarini oshirib 
bajarishdan mahalliy byudjetga kelib tushgan daromadlar 
044 
Respublika byudjeti hisobvaraqlaridan respublika g’azna 
hisobvarag’iga mablag’lar tushumi 
045 
Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan 
tashqari jamg’armalari hisobvaraqlaridan jamg’arma
g’azna hisobvarag’iga mablag’lar tushumi 
046 
To’lovchilardan g’azna depozit schyotiga boj va boshqa
to’lovlar tushimi 
047 
Byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan summalar tushumi 
048 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy 
nafaqalar to’lovi uchun mablag’lar tushumi 
049 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy 
hisobvaraqlariga tushgan boshqa byudjetdan tashqari 
mablag’lar 
Bu schyotlar balansda passiv bo’lib kredit tomonida daromadlar tushumi 
debet tomonida esa daromalarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə