O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-MavZu: Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Byudjet hisobi

14-MavZu: Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar 
hisobi 
Reja: 
1
Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga haq to‘lash hisobini tashkil 
etish hamda uning vazifalari.
2
Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 
hisobi. 
3
 Stipendiya to‘lovlari, pensiya va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlar hisobi.
4
Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni 
to‘lash bo‘yicha soliq va majburiy ajratmalarning yuzaga kelishi va 
to‘lanishi hisobi.
5
Ish haqiga nisbatan majburiy ushlanmalar hisobi.
6
Mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘lanishida plastik 
kartochkalardan foydalanish hisobi. 
Mehnatga haq to’lashni ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay. 
Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi - ishlab chiqarilgan 
mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar 
hajmiga ko’ra hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida 
mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif 
stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi.
Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo’lgan tarif 
koeffitsentlari ko’rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif 
koeffitsenti birga teng bo’lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsenti ham ortib 
boradi. 
Tarif stavkasi-ishchining razryadka muvofiq unga ma’lum vaqt birligi 
(soat, kun) uchun to’lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi 
birinchi razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa birinchi 
razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsentiga yo’naltirish yo’li 
bilan aniqlanadi. 
Xodimning mehnat haqini topish uchun razryad bo’yicha tarif 
koeffitsentini eng kam ish haqi miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Byudjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish haqi to’lanadi. 
Bunda xar qaysi byudjet tashkiloti namunaviy shtatlar jadvaliga asoslanib 
shtat birliklarini shakllantiradi va belgilangan tartibda razryadlarini qo’yib 
oylik ish haqini (okladlarini) hisoblaydi va shtatlar jadvalini shakllantiradi. 
Xozirda byudjet tashkilotlarida shtatlar jadvaliga kiritilgan ba’zi lavozimlar 
bo’yicha qonunchilikka asosan belgilangan oylik ish haqlari tayinlanadi. 
Byudjet 
tashkilotlarida 
“Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy 
rag’batlantirish maxsus jamg’armasi to’g’risida yo’riqnoma” (O’z.R AV. 
tomonidan 1995 yil 20 sentyabrda № 177-son bilan ro’yxatdan o’tgan) 
asosan oylik ish haqiga nisbatan 15 foiz miqdorida xodimlarini moddiy 
rag’batlantirish maxsus jamg’armasi tashkil etiladi va ushbu nizom talablari 
bo’yicha mukofot, moddiy rag’batlantirish ko’rinishida sarflanadi.
Byudjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida 
tasdiqlangan ish vaqtini hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash 


44 
uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish haqini xaqiqatda ishlagan ish 
kunlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida ishlovchi 
xodimlar ish haqiga qo’shimcha to’lovlar (moddiy rag’batlantirish va 
boshqalar) xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi 
hisobidan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan tashqari 
mablag’lar hisobiga (manbaasi mavjud bo’lganda) to’lanadi. 
Mehnat qonunchiligiga asosan byudjet tashkilotlari xodimlari xar yili 
mehnat ta’tiliga chiqish xuquqiga ega. Bunda mehnat ta’tiliga chiqishi 
bo’yicha buyruq rasmiylashtirilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan 
o’rnatilgan tartibda mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanadi. Mehnat ta’tili 
uchun 
ish 
haqi 
hisoblashda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasining 1997 yil 11 martdagi 133 son qarori bilan tasdiqlangan 
“O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi”ga ko’ra o’rtacha oylik 
ish haqi hisoblab topiladi. Unga ko’ra hisoblanayotgan vaqtdagi shtatlar 
jadvali bo’yicha belgilangan oylik ish haqiga bir yil davomida oylik ish 
haqidan tashqari qo’shimcha olgan mukofotlar, boshqa to’lovlarni 12/1 
qo’shilib chiqqan natija 25.4 koeffitsentga bo’lish yo’li bilan bir kunlik 
mehnat ta’tili uchun ish haqi topiladi. Bir kunlik mehnat ta’tili uchun ish 
haqini ta’til kunlariga ko’paytirish yo’li bilan mehnat ta’tili uchun ish haqi 
topiladi. 
Vaqtincha 
mehnatga 
qobiliyatsizlik 
nafaqasi 
ish 
stajining 
davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga 
to’lanadi: 
- ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; 
- baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa 
shaxslarga; 
- qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch 
yoki undan ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga; 
- Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan 
xodimlarga; 
- Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish 
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar 
kasalliklari (o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli 
o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; 
- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya 
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan 
o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) 
bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta 
badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq 
ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda 
to’lanadi: 
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish haqining 
100 foizi miqdorida; 


45 
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 
80 foizi miqdorida; 
v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi 
miqdorida. 
Yuqorida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda 
to’lanadi: 
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga hamda 21 
yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida; 
b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi 
miqdorida. 
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar 
hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo’shatganlik va xodimlarni 
tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish xaqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga 
ko’chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti 
hisobi va ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar.Oyning oxirida tabel 
bo’yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha 
ishlangan soatlar aniqlanadi. To’ldirilgan va tegishli imzolar bilan 
rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi 
hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Oyning birinchi yarmi 
uchun xodimlarga avans beriladi. Avans belgilangan tartibda ushlab qolinishi 
kerak bo’lgan soliq summasini hisobga olmagan holda, qoidaga ko’ra, ish 
haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi. Avans 389-son shakldagi ish xaqi, 
avans berish uchun to’lov qaydnomasi bo’yicha beriladi.Oy uchun ish haqi 
hisoblab yozish va oyning ikkinchi yarmi uchun to’lash odatda, T–49-son 
shakldagi hisob-kitob to’lov qaydnomasi bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu 
hisob-kitob to’lov qaydnomasiga xodimlarning familiyasi, ismi va otasining 
ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar summasi, berilgan avans, ushlangan 
soliqlar va boshqa summalar yoziladi. Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari ana 
shu qaydnomalarni tuzgan va tekshirgan xodimlar tomonidan imzolanadi. Ish 
haqi to’lash uchun ruxsatnoma tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan 
imzolanadi. Buxgalteriya hisobida xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-
kitoblar 17 “Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi 
subschyotlarda yuritiladi: 
170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar”; 
171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar”; 
172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar”; 
173 “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar”; 
174 “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”; 
175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar”; 
176 “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo’yicha hisob-
kitoblar”; 
177 “Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar”; 
179
“Hodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar”. 


46 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə