O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Byudjet hisobi

15-Mavzu: Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar 
Reja: 
1
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalarni aniqlashning zarurligi.
2
Joriy yilga moliyaviy natijalarni aniqlashning davriyligi.
3
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi.
4
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni 
aniqlashni buxgalteriya hisobvaraqlari va hisob registrlarida aks 
ettirish. 
Moliyaviy natijalar – bu xo’jalik sub’ektlarida ma’lum bir hisobot 
davrida xo’jalik jarayoni natijasida o’ziga qarashli mablag’larni oshishi yoki 
kamayishidir. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy 
moliyaviy natija bu foyda, salbiy moliyaviy natija bu zarar. Byudjet 
tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari 
(tushumlari, byudjet mablag’lari bo’yicha g’aznachilik orqali amalga oshirgan 
kassa xarajatlari) va hisoblangan barcha xaqiqiy xarajatlarining o’zaro 
solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati 
tushuniladi. 
Byudjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy 
natijani) oshishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning 
majburiyatlarini kamayishidir.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy 
natijani) kamayishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki 
uning majburiyatlarini oshishidir. 
Byudjet tashkilotining moliyaviy natijasi uning barcha daromadlarining 
turlari bo’yicha alohida holda aniqlanadi, ya’ni: 
- byudjet mablag’lari bo’yicha; 
- to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha; 
- ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha; 
- byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha; 
- byudjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha. 
Byudjet tashkilotining byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalari bu tashkilotning byudjet mablag’lari hisobiga moliya yili 
mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan 
davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga 
qo’shimcha vaqt mobaynida o’tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa 
xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida byudjet 
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish 
natijasida olingan ko’rsatkichdir. Byudjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy 
natija 23 “Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” 
schyotida hisobga olinadi. 
23 “Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti 
hisobda quyidagi subschyotlarga bo’linadi: 


47 
230 “Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 
231 “Byudjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar”; 
232 “Byudjetdan moliyalashtirish”. 
231 “Byudjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotida 
tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun byudjet mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi. 
232 
“Byudjetdan 
moliyalashtirish” 
subschyotida 
byudjetdan 
moliyalashtirilgan 
mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan 
tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga 
oshirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi. 
Bu subschyotning kreditida g’azna ijrosiga o’tilmagan tashkilotlarda 
byudjetdan moliyalashtirilgan mablag’lar summasi aks ettiriladi, bunda, 
tegishli pul mablag’larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi. 
Subschyot debetiga esa, joriy yilda byudjetga qaytarib olingan mablag’lar 
summasi, yil oxirida hisobdan chiqarilgan summalar va boshqalar yoziladi, 
bunda, pul mablag’larini, byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga 
moliyalashtirib berilgan mablag’larning ham hisobi yuritiladi. Bunda, yuqori 
tashkilot tomonidan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’lar 
summasiga 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyoti debetlanadi va 10 
schyotning tegishli subschyotlari kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori 
tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning 
tegishli subschyotlari debetida va 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” 
subschyotining kreditida aks ettiriladi. 
G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida 
g’aznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali byudjet mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan to’lovlar aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni 
hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar debetlanadi.
Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan 
to’lovlar bo’yicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot yilining 
oxirida amalga oshirilgan to’lovlarning yopilishi, shuningdek boshqa amalga 
oshirilgan to’lovlarni kamaytiradigan mablag’larni aks ettiradilar, bunda, 
debitor va kreditorlarni, byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi. 
Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan byudjet mablag’larni, shuningdek 
amalga oshirilgan to’lovlarni byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalarga yopilishi 230 “Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy 
natijalar” subschyotning kreditida 
va 232 “Byudjetdan 
moliyalashtirish” subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 “Byudjetdan 
moliyalashtirish” subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi. 


48 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə