O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Byudjet hisobi

13-Mavzu: Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 
Reja: 
1
G‘azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlarining yuridik va 
moliyaviy majburiyatlarini g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan 
o‘tkazish. 
2
Byudjet tashkilotlarida mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan 
hisoblashuvlar hisobi.
3
Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar 
hisobi.
4
Byudjet tashkilotlarida xizmat safar xarajatlari bo‘yicha hisobdor 
shaxslar bilan hisoblashuvlar.
5
Kamomadlar bo‘yicha hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi.
6
Boshqa turli debitor va kreditor majburiyatlar bo‘yicha 
hisoblashuvlar hisobi.
7
Hisoblashuv muomalalari bo‘yicha inventarizatsiya hisobi. 
Byudjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini 
ishrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan 
hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning provard natijasi 
debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo’yicha hisoblashuvlarni yuzaga 
kelishiga sabab bo’ladi.
Debitorlik majburiyat
– bu boshqa korxonalarni, (xaridorlarga sotilgan 
mahsulot (ish va xizmatlar), mol etkazib beruvchilarga oldindan to’langan 
mablag’lar va boshqalar bo’yicha), byudjet, byudjetdan tashqari 
jamg’armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo’yicha 
oldindan to’langan mablag’lar bo’yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti 
bilan olingan mablag’lar va boshqalar bo’yicha) tashkilot oldidagi 
qarzdorligidir.
Kreditorlik majburiyat 
– bu tashkilotning boshqa korxonalardan 
(xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar, 
mol etkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va boshqalar 
bo’yicha) , byudjet, byudjetdan tashqari jamg’armalardan (soliqlar, majburiy 
ajratma va ushlanmalar bo’yicha ), xodimlardan (ish haqi va unga 
tenglashtiriladigan to’lovlar va boshqalar bo’yicha) qarzdorligidir.
Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarda
mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan maxsulot (ish va hizmatlar) 
etkazib berish bo’yicha, Xaridor va buyurtmachilar bilan mahsulot (ish va 
hizmatlar)ni sotish bo’yicha, sug’urta tashkilotlari bilan majburiy yoki 
ihtiyoriy sug’urta to’lovlari bo’yicha, jismoniy va yuridik shahslar bilan
tashkilotning 
ixtiyoriga 
vaqtinchalik 
tushgan 
va 
ma’lum shartlar 
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan summalar bo’yicha, 
to’lovlarning maxsus turlari bo’yicha hisoblashishlar aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 
tegishli buxgalteriya dastlabki xujjatlari(yuk hati, bajarilgan ishlarni 
topshirish qabul qilish dalolatnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, 
to’lov topshiqnomasi va boshqalar)ga asosan yig’ma qaydnomalar, 6-


41 
memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl, 292-son 
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari , 308-son shakldagi bosh 
jurnal kitobi va hisobot rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya 
hisobida 
turli 
debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 15 “Turli debitor va 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo’lingan 
xolda yuritiladi: 
150 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”; 
152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”; 
154 “Sug’urta bo’yicha to’lovlar”; 
155 “Byudjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo’ladigan mablag’lar 
bo’yicha hisob-kitoblar”; 
156 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”; 
159
“Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”. 
Byudjet tashkilotlari va mahsulot etkazib beruvchilar o’rtasida tuzilgan 
shartnomalar g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi talablarga rioya qilingan 
holda taqdim qilinadi: 
300 AQSh dollaridan yuqori 100 ming AQSh dollarigacha bo’lgan 
shartnomalarni mahsulot etkazib beruvchini tanlash bo’yicha o’tkazilgan 
(birja savdolari bo’yicha)eng yaxshi konkurs takliflarini tanlab olish hujjatlari 
ilova qilingan holda taqdim qilinadi. 100 ming AQSh dollariga teng bo’lgan 
miqdoridan ortiq bo’lganda, qonunchilikka muvofiq o’tkazilgan tender 
savdolari bo’yicha hujjatlarni shartnomaga ilova qilgan holda taqdim qilinadi. 
Kapital qurilish xarajatlari bo’yicha shartnomalarning ikki asl va bir 
ko’chirma nusxalaridan tashqari, Buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik 
bo’linmasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 
- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog’liq ish va 
xizmatlarning pudratchi qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa 
bajaruvchilarini tanlab olish bo’yicha yig’ilish bayonnomasi nusxasi, 
qachonki tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming 
AQSh dollaridan yuqori summani tashkil etgan hollarda; 
- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog’liq ish va 
xizmatlarning pudratchi qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa 
bajaruvchilarini tanlab olish bo’yicha yig’ilish bayonnomasi nusxasi, 
qachonki tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming 
AQSh dollarigacha summani tashkil etgan hollarda ular xarid qilinadigan 
tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi, miqdori, bajarish muddatlari va tovarni 
etkazib berish punkti ko’rsatilgan holdagi takliflarni talabgorlarga yuborish 
yoki mahsulot etkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan e’lon qilingan baho 
va tavsiflarni taqqoslash yo’li bilan erkin savdoda amalga oshirilishi mumkin; 
- buyurtmachining pudrat qurilish (loyiha) ishlari uchun o’tkazilgan 
tanlov savdolari natijalari bo’yicha hisobotining O’zbekiston Respublikasi 
Davarxitektqurilish bilan kelishilgan nusxasi; 


42 
- pudratchi qurilish tashkilotining qurilish xavfini sug’urtalash bo’yicha 
shartnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi tomonidan 
imzolangan nusxasi; 
- Davlatqurilishnazorat inspektsiyasining qurilish-montaj ishlarini 
bajarishga ruxsatnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi 
tomonidan imzolangan nusxasi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro’yxati 
(loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) va qurilishlarning titulli 
ro’yxatlari nusxalari, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan va 
konkurs savdolarining o’tkazilishi bo’yicha qurilishlarning aniqlangan 
manzilli va titulli ro’yxatlari nusxalari; 
- davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo’lganda). 
Byudjet tashkilotlari va mahsulot etkazib beruvchilar bilan byudjet 
mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalar faqat ularning g’aznachilik 
bo’linmalarida majburiy ro’yxatga olinganidan so’ng kuchga kiradi. 
Byudjet tashkilotlari mahsulot etkazib beruvchilar bilan shartnomalar 
tuzishda va ularni g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga olish uchun taqdim 
qilishda quyidagi talablarga amal qilishlari lozim: 
- shartnomalar mahsulot etkazib beruvchi va buyurtmachi (byudjetdan 
mablag’ oluvchilar) tomonidan imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan shaxslar 
tomonidan imzolanadi va ikki tomonning muhrlari bilan tasdiqlanadi; 
- buyurtmachi (byudjet tashkilotlari)ning rekvizitlarida, shuningdek 
buyurtmachi 
(byudjet 
tashkilotlari)ning 
xarajatlari 
to’lovi amalga 
oshiriladigan tegishli g’azna hisobvarag’i ham ko’rsatiladi.Shartnomani 
ro’yxatga olish uchun byudjet tashkiloti g’aznachilik bo’linmasiga 
shartnomaning ikki asl nusxasini va bitta ko’chirma nusxasini taqdim qiladi. 
Shartnomalarga to’lovlar jadvali ilova qilinishi hamda unga rioya qilish 
shart.Byudjet tashkiloti shartnomalarni g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga 
olish uchun ular tuzilgandan so’ng 20 ish kuni mobaynida, biroq joriy moliya 
yilining 25 dekabridan kechikmasdan taqdim etishlari lozim. Byudjet 
tashkiloti tomonidan shartnomalar tuzilib, 20 ish kuni o’tgandan so’ng taqdim 
qilingan hollarda, shartnoma byudjetdan mablag’ oluvchiga g’aznachilik 
bo’linmasida ro’yxatga olinmasdan qaytariladi. 
Mol etkazib beruvchilar bilan etkazib berilgan moddiy va nomoddiy 
qimmatliklar, shuningdek kapital qo’yilmalar hisobiga xarid qilinadigan 
qurilish materiallari, konstruktsiyalar va detallar, o’rnatish uchun jihozlar, 
etkazib berilgan boshqa tovar-moddiy qimmatliklar qiymati va shu kabilar, 
pudratchilar bilan ularga qurilish va montaj uchun berilgan konstruktsiyalar 
va detallar, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblar 
buxgalteriya hisobida 150 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan 
hisob-kitoblar” subschyotida olib boriladi.
Bu subschyotning debetida qurilish materiallari, konstruktsiyalar va 
detallar, boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar 
summasi aks ettiriladi, kreditida etkazib berilgan mahsulot(ish va xizmatlar) 
bo’yicha qarzdorlik aks ettiriladi.


43 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə